» » Fransiyalik ekspertlar Luvrdagi ko‘rgazma uchun saralangan O‘zbekiston muzeylari eksponatlari holatini o‘rgandi

Fransiyalik ekspertlar Luvrdagi ko‘rgazma uchun saralangan O‘zbekiston muzeylari eksponatlari holatini o‘rgandi


28-sentabr kuni Luvr muzeyi mutaxassislari O‘zbekistondagi ishini yakunlaydi. Bir hafta davomida fransuz mutaxassislari guruhi 2021-yili Luvrda bo‘lib o‘tadigan “Ipak yo‘lida tamaddun va madaniyatlar” ko‘rgazmasi uchun O‘zbekiston muzeylaridan dastlabki saralovdan o‘tgan eksponatlar holatini tadqiq etdi. Bu haqda Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasiga tayanib, “Gazeta.uz” xabar berdi.

Luvrning islom san’atlari bo‘limi direktori Yanik Lins va arxeolog Rante Roko boshchiligidagi delegatsiya Abu Rayhon al Beruniy nomidagi sharqshunoslik instituti, “Afrosiyob” Samarqand tarixi muzeyi, O‘zbekiston Musulmonlar idorasi huzuridagi “Mo‘yi Muborak” madrasasidagi Muqaddas Qur’on muzeyi, Paykent shahri tarixi muzeyi va O‘zbekistonning boshqa muzeylariga tashrif buyurdi.

Izlanishlar yakunlari bo‘yicha saralab olingan har bir eksponat bo‘yicha xulosa berilib, ko‘rgazma uchun yagona ro‘yxat shakllantiriladi.

Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi xorijda boshqa bir qancha yirik tadbirlarni o‘tkazishni rejalashtirmoqda. Vashingtondagi (AQSh) Sakler Galereyasi va Venadagi (Avstriya) Albertin muzeyidagi ko‘rgazmalar shular jumlasidan.

Shuningdek, Italiyadagi Venetsiya biyennalesida milliy pavilyon ochish rejalashtirilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-09-2018, 20:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 48) ( 0) ( 47) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют