» » Zulfiya nomidagi davlat mukofoti uchun o‘tkaziladigan tanlovning tuman bosqichiga start berildi

Zulfiya nomidagi davlat mukofoti uchun o‘tkaziladigan tanlovning tuman bosqichiga start berildi


Zulfiya nomidagi davlat mukofoti uchun tanlovning tuman va shahar bosqichlari sentabr—oktabr oylarida O‘zbekistonning barcha tuman (shahar)larida bo‘lib o‘tadi. Tanlovning tuman (shahar) bosqichi joriy yilning 25-oktabriga qadar davom etadi. Bu haqda “Daryo”ga tashkilotchilar xabar berdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 2-fevraldagi “Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash va oila institutini mustahkamlash sohasidagi faoliyatni tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga muvofiq bu yilgi mukofotni topshirishda bir qancha yangiliklar joriy qilindi.

Jumladan, bu gal mukofot ta’lim, fan, adabiyot, madaniyat, san’at, sport va jamoatchilik faoliyatida alohida yutuqlarga erishgan, har bir viloyatdan ikki nafardan iqtidorli qizga berilishi belgilandi.

Shu bilan birga, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarining Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti laureatlari bo‘lgan o‘quvchilari oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga, bakalavriat talabalari esa oliy ta’lim muassasalarining magistraturasiga tegishli yo‘nalish va ixtisoslik bo‘yicha kirish sinovlarisiz davlat grantlari asosida qabul qilinishi belgilandi.

Shuningdek, joriy yilgi tanlovda ishtirokchilarning yosh chegarasi 22 dan 30 yoshgacha uzaytirildi, ya’ni bu fan-ta’lim sohasida ilmiy izlanishlar bilan shug‘ullanayotgan olima qizlar uchun keng imkoniyatlarni yaratib beradi.

Bugungi kunga kelib Zulfiya nomidagi Davlat mukofotiga sazovor bo‘lgan iste’dodli qizlar jami 283 nafarni tashkil etmoqda. Ularning 66 nafari adabiyot (23 foiz), 64 nafari madaniyat (23 foiz), 57 nafari san’at (20 foiz), 45 nafari ta’lim (16 foiz), 26 nafari fan (9 foiz), 24 nafari sport (8 foiz) va bir nafari jamoatchilik yo‘nalishlari bo‘yicha ushbu mukofot bilan taqdirlangan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-09-2018, 22:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 76) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют