» » Ektor Kuper boshchiligidagi O‘zbekiston milliy terma jamoasining Osiyo Kubogi—2019 dagi o‘yinlari vaqti aniq bo‘ldi

Ektor Kuper boshchiligidagi O‘zbekiston milliy terma jamoasining Osiyo Kubogi—2019 dagi o‘yinlari vaqti aniq bo‘ldi


Kelayotgan 2019-yil yanvarida futbol bo‘yicha navbatdagi Osiyo chempionatiga Birlashgan Arab Amirliklari davlati mezbonlik qiladi. Bugun, 27-sentabr sanasida Abu-Dabi shahrida futbol bo‘yicha Osiyo Kubogi—2019 musobaqasiga bag‘ishlangan seminar o‘z ishini boshladi. Bu haqda O‘FA matbuot xizmati ma’lum qildi.

Seminardan ko‘zlangan asosiy maqsad, Osiyo kubogiga tayyorgarlik jarayonlar muhokama, qilinib musobaqa boshlangunga qadar bo‘lib o‘tadigan tadbirlar ko‘rib chiqiladi. Seminarda o‘zbekiston futbol assotsiatsiyasidan Xalqaro aloqalar bo‘limi boshlig‘i, Matbuot xizmati boshlig‘i, terma jamoa shifokori hamda havfsizlik bo‘yicha ofitser ishtirok etmoqda.

Ushbu seminar 4 kun davom etadi. Seminarning dastlabki 2 kunida kun tartibidagi masalalar muhokama qilinsa, so‘nggi 2 kunida terma jamoalar vakillari o‘z jamoalari o‘yinlarni o‘tkazadigan shaharlarga tashrif buyurib, o‘yinlar o‘tkaziladigan stadionlar, mehmonxonalar, mashg‘ulot maydonlarini ko‘zdan kechirib, tashkilotchilar bilan barcha tashkiliy ishlar kelishib olinadi. Agar vakillar tomonidan qandaydir kamchiliklar aniqlansa, bu haqida tashkilotchiga ma’lumotlar taqdim etiladi.

Seminar davomida OFK vakillari terma jamoalar mutasaddilarini chempionat reglamenti bilan to‘liq tanishtirib, butun musobaqa davomida amalga kiritilishi mumkin bo‘lgan yangilik va o‘zgarishlar haqida ma’lumotlar beriladi. Futboldagi xavfsizlikni ta’minlash maqsadida qoidalar takomillashtirib boriladi. Musobaqada davomida ko‘zda tutilmagan vaziyatlar yuzaga kelsa, qanday harakatlarni amalga oshirish yuzasidan tavsiyalar beriladi. Mezbon davlatning iqlimini inobatga olib, shifokorlarga ham tegishli tavsiyalar beriladi.

Osiyo kubogi—2019 5-yanvar kuni boshlanadi. Musobaqada ilk marotaba 24 ta terma jamoa qatnashadi. 5 yanvar kuni ochilish uchrashuvida BAA terma jamoasi Bahraynnga qarshi maydonga tushadi. O‘zbekiston terma jamoasi esa turnirni Ummon terma jamoasiga qarshi boshlaydi. Bellashuv 9-yanvar sanasida bo‘lib o‘tishi belgilangan.

Osiyo Kubogi—2019

F guruhi o‘yinlari

2019-yil 9-yanvar

1-tur bellashuvlari

2019-yil 13-yanvar

2-tur bellashuvlari

2019-yil 17-yanvar

3-tur bellashuvlari



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-09-2018, 23:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 47) ( 0) ( 44) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют