» » PFL va Bundesliga o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi

PFL va Bundesliga o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi


Ispaniyaning Madrid shahrida 24—25-sentabr kunlari Butunjahon futbol sammiti bo‘lib o‘tdi. Ushbu sammitda O‘zbekiston Professional futbol ligasi Bosh direktori Omon G‘ofurov boshchiligidagi delegatsiya ishtirok etdi. Bu haqda O‘FA matbuot xizmati xabar berdi.

Sammit doirasida O‘zbekiston delegatsiyasi vakillari bir qancha Yevropa futbol jamoatchiligi vakillari bilan uchrashuvlar o‘tkazdi va bir qator loyihalarni amalga oshirishga kelishib oldi.

Jumladan, Yevropaning TOP-5 chempionatlari qatoriga kiruvchi Germaniya Bundesligasining xalqaro aloqalar bo‘limi boshlig‘i Bernd Vilms bilan muzokara o‘tkazildi. Muzokara doirasida O‘zbekiston Professional futbol ligasi hamda Bundesliga o‘rtasida bir qancha yo‘nalishlar (muxlislar bilan ishlash, futbol akademiyalari, o‘rtoqlik o‘yinlari) bo‘yicha hamkorlik qilish uchun memorandum imzolashga kelishib olindi. Ushbu masala bo‘yicha Bundesliga vakillari yaqin kunlar ichida Toshkentga keladigan bo‘ldi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-09-2018, 23:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 34) ( 0) ( 32) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют