» » Pepsi Superligaga o‘yinlar translyatsiyasini yangi bosqichga olib chiqishda TELLYO kompaniyasi yordam beradi

Pepsi Superligaga o‘yinlar translyatsiyasini yangi bosqichga olib chiqishda TELLYO kompaniyasi yordam beradi


Avvalroq Ispaniyaning Madrid shahrida 24—25-sentabr kunlari Butunjahon futbol sammiti bo‘lib o‘tgani va ushbu sammitda O‘zbekiston Professional futbol ligasi Bosh direktori Omon G‘ofurov boshchiligidagi delegatsiya ishtirok etgani haqida xabar berilgandi.

Sammit doirasida O‘zbekiston delegatsiyasi vakillari bir qancha Yevropa futbol jamoatchiligi vakillari bilan uchrashuvlar o‘tkazdi va bir qator loyihalarni amalga oshirishga kelishib oldi.

Futbolning jozibadorligini oshirishda translyatsiya sifati juda katta ahamiyatga ega. Yevropada bu masalaga jiddiy e’tibor qaratilib, translyatsiya borasida katta muvaffaqiyatlarga erishilgan. Bir qancha futbol ligalariga ushbu yo‘nalishda xizmat ko‘rsatib kelayotgan TELLYO kompaniyasi vakili Yakob Maykovski o‘z kompaniyasi O‘zbekistonda ham futbol uchrashuvlari translyatsiyasini yangi bosqichga olib chiqishga harakat qilishini, bu borada kompaniyaning maxsus dasturini O‘zbekistonda sinab ko‘rish taklifini olg‘a surdi. Yaqin kelajakda ushbu komaniya bilan hamkorlikda O‘zbekistonda futbol translyatsiyasining sifatini yaxshilash va yangi bosqichga olib chiqish rejalashtirilmoqda. ?

Avvalroq PFLning Germaniya Bundesligasi bilan hamkorlik memorandumi imzolagani, shuningdek, Amazon kompaniyasi bilan ham kelishuvga erishilgani haqida xabar berilgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-09-2018, 23:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 72) ( 0) ( 72) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют