» » Andrea Pirlo, Paolo Kannavaro va Gabriel Batistuta murabbiylik litsenziyasini qo‘lga kiritdi

Andrea Pirlo, Paolo Kannavaro va Gabriel Batistuta murabbiylik litsenziyasini qo‘lga kiritdi


Italiya futbol federatsiyasi Andrea Pirlo va bir qancha sobiq futbolchilar murabbiylik litsenziyasini qo‘lga kiritganligini ma’lum qildi. Bu haqda Football Italia xabar berdi.

Endilikda Andrea Pirlo, Alberto Jilardino, Gabriel Batistuta, Paolo Kannavaro, Tiago Motta, Daniele Bonera, Xose Antonio Chamot, Matuzalem va Paolo Montero kabi sobiq futbolchilar murabbiylik litsenziyasiga ega bo‘ldi. Shu tariqa ular ham endi o‘z murabbiylik faoliyatlarini boshlashi mumkin.

Mazkur litsenziya ularga yoshlar va ayollar jamoalariga bosh murabbiylik qilish huquqini beradi. Shuningdek, B Seriya darajasidagi erkaklar o‘rtasidagi jamoalarga ham bosh murabbiylik qilish imkoniyati mavjud. Bundan tashqari ular A yoki B Seriya klublarida murabbiy yordamchisi bo‘lib ham ishlashlari mumkin. Bosh murabbiy bo‘lish uchun esa ulardan yana bilimini oshirish talab etiladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-09-2018, 07:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 82) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют