» » Moliya vazirligida Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki delegatsiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Moliya vazirligida Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki delegatsiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi


Joriy yilning 27-sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligida Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (YeTTB) delegatsiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar bermoqda.

Uchrashuvda Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (YeTTB) bilan hamkorlikning bugungi holati va istiqbollari muhokama qilindi. Ta’kidlanganidek, O‘zbekiston va YeTTB o‘rtasida hamkorlik rivojlanib bormoqda. Xususan, 2017-yilning 16-mart va 2018-yilning 1-avgust kunlarida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoev Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki prezidenti Suma Chakrabartini ikki bor qabul qildi. Muloqotlarda O‘zbekiston va YeTTB o‘rtasidagi o‘zaro manfaatli hamkorlik yuksak sur’atlar bilan rivojlanib borayotganini mamnuniyat bilan qayd etdi.

Oliy darajadagi mazkur muloqotlarning samarasi o‘laroq 2017-yilning noyabr oyida Toshkent shahrida bank vakolatxonasi o‘z faoliyatini qayta tikladi. Hozirda mamlakat hududlarida uning filiallarini tashkil etish ko‘zda tutilgan. O‘tgan davrda mazkur bank tomonidan mamlakatda tadbirkorlikni rivojlantirishga qaratilgan loyihalarni moliyalashtirish uchun umumiy qiymati 190 million dollardan ortiq kredit liniyalari ajratildi.

Ayni payda YeTTB ekspertlari mamlakatda xorijiy moliyaviy institutlar ishtirokidagi investitsiya loyihalarini tayyorlash va hayotga tatbiq etish samaradorligini oshirishga qaratilgan yangi tartibni ishlab chiqishda faol ishtirok etdi. O‘zbekiston Respublikasi bilan Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida memorandum va Tabiatni muhofaza qilish sohasiga texnik ko‘maklashish loyihasini amalga oshirish bo‘yicha bitim imzolandi.

Uchrashuvda hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi. Xususan, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki bilan hamkorlikda qonunchilik bazasini mustahkamlash, davlat va xususiy sektor hamkorligi mexanizmlarini joriy etish, O‘zbekiston milliy qonunchiligini amalga oshirishga moslashish maqsadida tadqiqotlar o‘tkazish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi”ni ishlab chiqish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, davlat-xususiy sherikchilik mexanizmlarini takomillashtirish borasida fikr almashildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-09-2018, 08:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 65) ( 0) ( 63) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют