» » O‘zbekistonlik tadbirkorlar bo‘sh yer maydonlarini elektron onlayn-auksion orqali sotib olishi mumkin

O‘zbekistonlik tadbirkorlar bo‘sh yer maydonlarini elektron onlayn-auksion orqali sotib olishi mumkin


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 11-sentabrdagi qaroriga asosan endilikda, Majburiy ijro byurosi huzuridagi “Elektron onlayn-auksion savdolarni tashkil etish markazi” DUK tomonidan elektron onlayn-auksion savdolarida bo‘sh turgan davlat mulk obyektlari, yer uchastkalari investitsiya va ijtimoiy majburiyatlarini belgilagan holda sotilmoqda. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Aytish kerakki, Respublikaning tuman va shahar hokimliklari tomonidan 1268 ta bo‘sh yer uchastkalari, 320 million 116 ming so‘m investitsiya kiritish, 3098 ta yangi ish o‘rinlarini yaratish sharti bilan 3 million 429 ming so‘m miqdorda auksion savdolariga chiqarildi.

Bugungi kunga qadar “E-IJRO AUKSION“ elektron onlayn-auksion savdolarida 23 ta bo‘sh yer uchastkalari 54 million so‘m investitsiya kiritish, 430 dan ortiq yangi ish o‘rinlarini yaratish sharti bilan 171 million 300 so‘mga sotildi.

Hozirda “E-IJRO AUKSION“ elektron onlayn-auksion savdolarida 1245 ta bo‘sh yer uchastkalari 3 million 300 ming so‘m miqdordagi auksion savdolariga chiqarilgan bo‘lib tadbirkor va investorlar o‘zlariga ma’qul bo‘lgan yer uchastkalarini onlayn-auksion savdolarida qatnashib sotib olish imkoniyatlari mavjud.

Bo‘lib o‘tgan auksion savdolarda tadbirkorlar o‘zlariga ma’qul bo‘lgan yer uchastkalarida qatnashib, g‘olib bo‘lishga erishmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-09-2018, 09:42)
+2 (голосов: 2)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 72) ( 0) ( 71) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют