» » Farg‘onada Latviyaning axborot tizimlari menejmenti oliy maktabi filiali tashkil etildi

Farg‘onada Latviyaning axborot tizimlari menejmenti oliy maktabi filiali tashkil etildi


Prezidentning 2018-yil 26-sentabrdagi qarori bilan Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Turizmni rivojlantirish qo‘mitasi va Farg‘ona viloyati hokimligining Farg‘ona shahrida Latviyaning Axborot tizimlari menejmenti oliy maktabi filialini tashkil etish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berildi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati ma’lum qildi.

Filial faoliyatining asosiy yo‘nalishlari etib respublikaning turizm tarmog‘ini rivojlantirish bo‘yicha muhim vazifalarni hal qilishga qodir bo‘lgan yuqori malakali kadrlarni xalqaro ta’lim standartlari darajasida tayyorlash, turizm va mehmonxona xo‘jaligi sohalarida amaliy va innovatsion tadqiqotlar olib borish va boshqalar belgilandi.

Filialda o‘qitish to‘lov-kontrakt asosida O‘zbekiston Respublikasi davlat ta’lim standartlari talablarini e’tiborga olgan holda Oliy maktab tomonidan tasdiqlangan o‘quv reja va dasturlar bo‘yicha ko‘proq ingliz tilida kunduzgi shaklda amalga oshiriladi.

Mazkur filialda oltita yo‘nalishda bakalavr va ikkita mutaxassislikda magistrlar tayyorlanib, unga qabul kvotalari oliy maktabning Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bilan kelishilgan holda tayyorlangan asosli takliflari bo‘yicha Vazirlar Mahkamasi qarori bilan tasdiqlanadi.

Latviya axborot tizimlari menejmenti oliy maktabi o‘quv jarayoniga ilg‘or pedagogik hamda axborot texnologiyalari, fan va texnikaning eng yangi yutuqlarini joriy etish, kutubxona fondini zamonaviy o‘quv, o‘quv-metodik hamda ilmiy-texnik adabiyotlar bilan shakllantirish va to‘ldirishga ko‘maklashadi.

Filial bitiruvchilariga O‘zbekiston Respublikasida oliy ta’lim to‘g‘risidagi hujjat sifatida tan olinadigan oliy maktabning belgilangan namunadagi diplomi beriladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-09-2018, 10:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 73) ( 0) ( 71) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют