» » Mikroneziyada bortida 47 kishi bo‘lgan samolyot suvga quladi. Ularning barchasi omon qoldi

Mikroneziyada bortida 47 kishi bo‘lgan samolyot suvga quladi. Ularning barchasi omon qoldi


Papua-Yangi Gvineyaning Air Niugini aviakompaniyasiga tegishli Boeing-737 yo‘lovchi samolyoti 28-sentyabr, juma kuni tongda Mikroneziyadagi Chuuk oroliga qo‘nish chog‘ida suvga qulab tushdi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.

Samolyot qo‘nishga urindi, biroq uchish-qo‘nish maydonidan taxminan 150 metr yetmay suvga quladi. Uning bortida bo‘lganlar puflama qayiqlar yordamida qutqarilgani bildirilmoqda.

Hozirda 36 nafar yo‘lovchi va 11 nafar ekipaj a’zosi shifokorlar ko‘rigidan o‘tmoqda. Jiddiy jarohatlar haqida xabar berilmadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-09-2018, 12:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 79) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют