» » Samarqand viloyat perinatal markaziga yangi direktor tayinlandi

Samarqand viloyat perinatal markaziga yangi direktor tayinlandi


Samarqand shahridagi viloyat perinatal markazida ketma-ket sodir bo‘lgan noxush voqealardan so‘ng markaz direktori Baxtiyor Jumanov ishdan olingani haqida xabar bergan edik. Ma’lumotlarga ko‘ra shu vaqtgacha Samarqand shahridagi 3-son tug‘riq kompleksi bosh shifokor bo‘lib ishlab kelgan Lola Hamroyeva viloyat perinatal markaziga rahbar etib tayinlangan. Bu haqida “Daryo” muxbiri Farhod Norbo‘tayev xabar bermoqda.

Ma’lumot uchun viloyat perinatal markazi direktorining Baxtiyor Jumanovning ishdan ketishiga markazda ona va bola o‘limi, ayniqsa yosh ayollar bilan bog‘liq o‘lim holati ko‘p qayd etilayotganligi sabab bo‘lgan.

Xususan, joriy yilning may oyida 1993-yilda tug‘ilgan Go‘zal Hakimovaning tug‘ilgan farzandi qiz, o‘lganidan so‘ng o‘g‘ilga aylanib qolgan. Shuningdek, 24-iyul kuni urgutlik Saodat Xayrullayeva ikkinchi farzandini dunyoga keltirayotgan vaqtda ham o‘zi ham farzandi vafot etgan. Yaqinda tug‘ruq vaqtida 20 yoshli kelinchak vafot etgani esa katta shov-shuvlarga sabab bo‘lgan.

Viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi Erkinjon Turdimov Xalq deputatlari Samarqand viloyat Kengashining 55-sessiyasida Samarqand shahridagi 4-son tug‘riqxonada korrupsiya avjiga chiqqanligi, bu yerda ona va bola o‘limi, ayniqsa yosh ayollarning o‘limi qayd etilayotgan bo‘lsada, hamma jim qarab kelayotganligini, buning sababi pulga borib taqalishini bildirib o‘tgan.

Avvalroq, ya’ni 24-sentabr kuni Samarqand viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i Aziz Jo‘rayev o‘z vazifasidan ozod etilib, uning o‘rniga Samarqand viloyat nogironlar reabilitatsiya markazi direktori vazifasida faoliyat ko‘rsatgan Davronbek Jumaniyozov tayinlangandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-09-2018, 14:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 92) ( 0) ( 89) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют