» » Indoneziyada yuz bergan kuchli zilzilalar oqibatida sunami yuzaga keldi

Indoneziyada yuz bergan kuchli zilzilalar oqibatida sunami yuzaga keldi


Indoneziyaning Sulavesi orolida magnitudasi 7,5 ga teng bo‘lgan kuchli yerosti silkinishi qayd etildi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar berdi.

Zilzila epimarkazi Palu shahridan 78 kilometr uzoqlikda, 10 kilometr chuqurlikda bo‘lgan. Epimarkazdagi silkinishlar faolligi bo‘yicha bunday zilzila yo‘q qiluvchi sifatida baholanadi.

Asosiy silkinishdan keyin bir nechta qaytuvchi silkinishlar yuz bergan. Ulardan ikkitasining magnitudasi 5,8 ga teng bo‘lgan.

Kuchli zilziladan keyin balandlgi ikki metr bo‘lgan sunami yuzaga kelgan, deb yozmoqda “RIA Novosti”. Sunami Palu shahriga yopirilgan, biroq suv keyinroq chekingan.

Indonesia geophysics agency says Sulawesi quake caused a tsunami. This video is doing the rounds. We believe it is real. pic.twitter.com/7xDzzRuj5v

— David Lipson (@davidlipson) September 28, 2018



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-09-2018, 21:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 60) ( 0) ( 58) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют