» » Braziliyada o‘smir maktabda o‘t ochdi va 2 nafar sinfdoshini yaraladi

Braziliyada o‘smir maktabda o‘t ochdi va 2 nafar sinfdoshini yaraladi


Braziliyadagi maktabda 28-sentabr kuni o‘smir to‘pponchadan o‘t ochdi va ikki nafar sinfdoshini yaraladi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.

Xabar berilishicha, hodisa Medianeyra shahrida yuz bergan. 15 yoshli o‘smir maktabga to‘pponcha bilan kelgan va boshqa o‘quvchilarga qarata ota boshlagan. Ulardan ikki nafari jarohat olgan, bir nafarining jarohati jiddiy bo‘lgan.

O‘t ochgan o‘smir hujum qilishda unga yordam bergan bo‘lishi mumkin bo‘lgan yana bir o‘quvchi bilan birga politsiya tomonidan qo‘lga olingan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, o‘smir mergan sinfdoshlari tomonidan qilingan ta’qibdan aziyat chekkan va qasd olishga qaror qilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-09-2018, 22:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 96) ( 0) ( 94) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют