» » AGMK “Bunyodkor”ni mag‘lub etib, o‘z tarixida ilk marta O‘zbekiston Kubogi finaliga chiqdi

AGMK “Bunyodkor”ni mag‘lub etib, o‘z tarixida ilk marta O‘zbekiston Kubogi finaliga chiqdi


Kecha, 27-sentabr sanasida futbol bo‘yicha O‘zbekiston Kubogi bahslarining birinchi finalchisi aniqlangandi. Xususan, “Paxtakor” safarda “Qo‘qon-1912” jamoasini 5:2 hisobida taslim etib, o‘z tarixida 14-marta mamlakat kubogi finaliga chiqqani haqida xabar berilgandi.

Bugun, 28-sentabr kuni ikkinchi finalchi nomi ham ma’lum bo‘ldi. Toshkentdagi “Milliy” stadionida “Bunyodkor” va AGMK jamoalari ikkinchi final yo‘llanmasi uchun maydonga tushdi. Uchrashuvning 57-daqiqasida Muzaffar Muzaffarov AGMKni hisobda oldinga olib chiqdi. 63-daqiqada Zafar Polvonov hisobni 0:2 ko‘rinishiga keltirdi. 80-daqiqada esa “Bunyodkor” hisobni qisqartirdi. Gol muallifi esa Murodjon Toshmatov bo‘ldi. Shu tariqa AGMK o‘z tarixida ilk marta O‘zbekiston Kubogi finalida o‘ynaydigan bo‘ldi.

“Paxtakor” hamda AGMK o‘rtasidagi final bellashuvi 28-oktabr sanasida Farg‘onadagi “Istiqlol” stadionida bo‘lib o‘tadi.

O‘zbekiston Kubogi—2018

1/2 final bellashuvi

28-sentabr, juma

Gollar: 1:0—57 Muzaffar Muzaffarov, 0:2—63 Zafar Polvonov, 1:2—80 Murodjon Toshmatov.

“Bunyodkor”: 32. Suhrobjon Sultonov, 2. Rustamjon Ashurmatov, 4. Akramjon Komilov, 5. Dilshod Jo‘rayev, 8. Javlon Ibrohimov (10. Abdulla Abdullayev, 90+3), 11. Murodjon Toshmatov, 18. Sardor Sobirxo‘jayev, 20. Mirg‘iyos Sulaymonov (7. Dilshod Ahmadaliyev, 46), 30. Xurshid G‘iyosov (15. Farrux Ikromov, 79), 44. Mirjamol Qosimov (9. Shahzodbek Nurmatov, 62), 99. Filip Rayevats (14. Mirjahon Mirahmadov, )

AGMK: 12. Roman Abdulov, 2. Abduqahhor Hojiakbarov, 6. Azamat Isroilov (72. Alisher Samatov, 90+5), 9. Zafar Polvonov (16. Milosh Trifunovich, 68), 11. Jasur Hasanov (24. Javlon Guseynov, 83), 13. Lutfullo To‘rayev (s), 14. Zohir Pirimov (71. Jamshid Hasanov, 76), 15. Vladimir Bubanya, 19. Vladislav Kasminin, 23. Yovan Jokich, 70. Oybek Qilichev (8. Muzaffar Muzaffarov, 57)

Ogohlantirishlar: Oybek Qilichev 27, Azamat Isroilov 90+4.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-09-2018, 22:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 58) ( 0) ( 57) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют