» » Toshkentda totalizator o‘ynab, qotilga aylangan yigit 18 yilga ozodlikdan mahrum etildi

Toshkentda totalizator o‘ynab, qotilga aylangan yigit 18 yilga ozodlikdan mahrum etildi


Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar sudida ochiq sud majlisi bo‘lib o‘tdi. Hali 30 ga kirmagan G‘.Kuliboyev qiyinchilik bilan topgan pullarini totalizatorda o‘ynab kelgan va oxir-oqibatda qotilga aylangan, deb yozadi O‘zA.

U 2014-yilning oxirlaridan buyon Toshkentning Chilonzor tumanidagi “Maxsustrans” korxonasiga qarashli yuk avtomashinalarini yuvish shoxobchasida norasmiy ravishda ishlab yurgan. Tanishi Ye.Radchenko uning mazkur o‘yinda qatnashishi uchun naqd pullarini olib, uni elektronlashtirishga ko‘maklashib kelgan. U ishdan bo‘sh vaqtlarida internet kafelarda Web money sayti orqali sport musobaqalariga pul tikib totalizator o‘ynagan. O‘z topgan pullarini behudaga sovurib ham ko‘ngli xotirjam bo‘lmagan Kuliboyev tanish-bilishlardan ham qarz olib ushbu o‘yinda qatnashgan.

2018-yilning aprel—may oylarida ish faoliyati davomida topgan 2 million 300 mingdan ortiq pulini va tanishi B.Toshpo‘latovdan olgan 200 AQSh dollarini ham elektron hisobiga o‘tkazib, o‘yin o‘ynagan va yutqazgan. Tanishlari pulni so‘rayvergach, yigit o‘zi istab-istamay qotilga aylandi.

2018-yil 7-iyun kuni G‘.Kuliboyev tanishi Ye.Radchenkoga qo‘ng‘iroq qilib, elektron hisobiga pul tushirish niyati borligini aytib, uni ko‘chaga chiqishga ko‘ndiradi.

U bu xonadonda hamisha naqd pullar bo‘lishini, qayerda saqlanishini yaxshi bilgan. Sherigi uydan chiqqanini ko‘rgan yigit o‘z rejasini amalga oshirish uchun uning xonadoniga kirgan. Oshxona pichog‘i bilan xonadon bekasi L.Radchenkoning 18 joyiga jarohat yetkazadi. Pullarni olib uydan chiqib ketadi.

O‘g‘irlangan pullar evaziga qarzini to‘lagach, yana hech narsa bilmagandek yuraveradi. Ammo tezkor surishtiruv natijasida uning siri fosh bo‘ldi. O‘z aybini tan olgan fuqaroga sud hukmi o‘qildi.

O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 97-moddasi bilan unga 18 yil ozodlikdan mahrum etish jazosi tayinlandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-09-2018, 22:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 82) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют