» » Toshkent viloyatida yaroqsiz avtomobillar ro‘yxatdan chiqarilmoqda

Toshkent viloyatida yaroqsiz avtomobillar ro‘yxatdan chiqarilmoqda


Toshkent viloyat IIB YHX boshqarmasi tomonidan Vazirlar Mahkamasining 19-may kunidagi 377-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Yo‘l xavfsizligini ta’minlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida, bir necha yillardan buyon majburiy texnik ko‘rikka taqdim etilmasdan, mulk egalarining xonadonlarida foydalanish uchun yaroqsiz holda saqlanib kelinayotgan transport vositalarini o‘rnatilgan tartibda DYHX xizmati ro‘yxatidan o‘chirish ishlari olib borilmoqda. Bu haqda Toshkent viloyati IIB matbuot xizmati xabar bermoqda.

O‘tkazilayotgan tushuntirishlar ishlari davomida ayrim fuqarolar tomonidan transport vositasi foydalanish uchun umuman yaroqsiz holga kelgan bo‘lsa-da, “rahmatlik buvam haydagan mashinani qanday yo‘q qilaman” yoki “buvamdan qolgan yodgorlik” kabi fikrlar bildirilayotgan bo‘lsa-da, xodimlar tomonidan mazkur qarorning mazmun-mohiyati, uning maqsadi haqida tushuntirishlar berilmoqda.

Xususan, shu davrga qadar jismoniy shaxslarga tegishli bo‘lib, foydalanish uchun yaroqsiz holga kelgan 897 ta transport vositasi yaroqsizligi uchun DYHX xizmati ro‘yxatidan o‘chirildi, qolaversa joriy yilning 28-sentabr “Yo‘l harakati xavfsizligi targ‘iboti kuni”da ham yaroqsiz holga kelib qolgan 13 ta transport vositasi aniqlanib, tegishli hujjatlar rasmiylashtirildi.

Toshkent viloyat IIB YHX boshqarmasi tomonidan bu boradagi tadbirlar davom ettirilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-09-2018, 23:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 62) ( 0) ( 61) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют