» » Osiyo o‘yinlarida g‘olib va sovrindor bo‘lgan sportchilarning murabbiylari taqdirlandi

Osiyo o‘yinlarida g‘olib va sovrindor bo‘lgan sportchilarning murabbiylari taqdirlandi


Olimpiya shon-shuhrati muzeyida Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tashabbusi bilan bayram tadbiri tashkil etildi. Unda joriy yilda Indoneziyaning Jakarta va Palembang shaharlarida o‘tkazilgan XVIII yozgi Osiyo o‘yinlarida g‘olib va sovrindor bo‘lgan sportchilar murabbiylariga pul mukofotlari topshirildi, deya xabar beradi O‘zA.

Prezident maslahatchisi A.Abduvohidov, jismoniy tarbiya va sport vaziri D.Nabiyev va boshqalar mamlakatda yoshlarni ma’nan yetuk, sportga bo‘lgan qiziqishini oshirish, bu boradagi yutuq va g‘oyalarini qo‘llab quvvatlash yo‘lida samarali ishlar qilinayotganini ta’kidladi. Shuningdek, barchani 1 oktabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni bayrami bilan tabriklab, sport murabbiylariga mas’uliyatli ishida muvaffaqiyatlar tiladi.

Shundan so‘ng Vazirlar Mahkamasining XVIII yozgi Osiyo o‘yinlari g‘olib va sovrindorlarini tayyorlagan trenerlarni taqdirlash bo‘yicha farmoyishi o‘qib eshittirildi.

Unga ko‘ra, Osiyo o‘yinlarida shogirdlari oltin medalni qo‘lga kiritgan murabbiylar 2500, shogirdlari kumush medal sohibi bo‘lganlar 1500, bronza medalga ega chiqqan sportchilarning murabbiylari esa 1000 AQSh dollari miqdoridagi mukofot puli bilan taqdirlandi.

Eslatib o‘tamiz, Indoneziyaning Jakarta va Palembang shaharlarida o‘tkazilgan XVIII yozgi Osiyo o‘yinlarida o‘zbekistonlik sportchilar 21 oltin, 24 kumush va 25 bronza, jami 70 ta medalni qo‘lga kiritib, mazkur o‘yinlar tarixidagi eng yaxshi natijani qayd etgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-09-2018, 08:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 75) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют