» » APL. “Chelsi” bugun “Liverpul”ga qarshi jang qiladi, “Manchester Siti” esa “Brayton”ni imtihondan o‘tkazadi (anons)

APL. “Chelsi” bugun “Liverpul”ga qarshi jang qiladi, “Manchester Siti” esa “Brayton”ni imtihondan o‘tkazadi (anons)


Bugun, 29-sentabr sanasida futbol bo‘yicha Angliya premyer-ligasida 7-tur uchrashuvlari boshlanadi.

Mazkur turni “Manchester Yunayted” “Vest Hem”ga qarshi safardagi o‘yin bilan ochib beradi. Bahs 16:30 da boshlanadi.

O‘z o‘yinini topib borayotgan Unai Emeri boshchiligidagi “Arsenal” o‘z uyida “Uotford”ni mehmon qiladi. Uchrashuv 19:00 da boshlanishi belgilangan.

Amaldagi chempion “Manchester Siti” esa o‘z uyida “Brayton”ni imtihondan o‘tkazadi. Bellashuv 19:00 da boshlanadi.

Kunning so‘nggi o‘yinida “Chelsi” o‘z uyida Yurgen Klopp boshchiligidagi “Liverpul”ni qabul qiladi. Qayd etish joiz, “aristokratlar” kuni kecha “Liverpul”ni Angliya Liga Kubogidan chiqarib yuborgandi. O‘yin 21:30 da boshlanadi.

Angliya premyer-ligasi

7-tur bellashuvlari

29-sentabr, shanba

30-sentabr, yakshanba

1-oktabr, dushanba



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-09-2018, 13:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 86) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют