» » Indoneziyadagi zilzila va sunami qurbonlari soni 400 ga yaqinlashdi

Indoneziyadagi zilzila va sunami qurbonlari soni 400 ga yaqinlashdi


Indoneziyaning Sulavesi orolida yuz bergan zilzila va sunami oqibatida kamida 384 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda, rasmiy ma’lumotlarga asoslanib, BBC News xabar bermoqda.

Ulkan to‘lqinlar Palu shahriga yopirilgan vaqtida plyajda hordiq chiqarib o‘tirgan yuzlab odamlar bedarak yo‘qolgan, deb taxmin qilinmoqda.

Sunami Palu shahriga 7,5 magnitudali zilziladan so‘ng yopirilib kelgan. Dastlabki xabarlarda ulkan to‘lqinlar hukumat sunami xavfini bekor qilganidan so‘ng yopirilib kelgani aytilgandi.

Biroq, rasmiylarning ta’kidlashicha, sunami to‘lqinlari shahar sohillariga kelib urilgan vaqtda ogohlantirish o‘z kuchida bo‘lgan va hali bekor qilinmagan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-09-2018, 16:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 98) ( 0) ( 96) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют