» » Surxondaryoda 11 yoshli qizcha zo‘rlanib, so‘ng o‘ldirildi

Surxondaryoda 11 yoshli qizcha zo‘rlanib, so‘ng o‘ldirildi


25-sentabr kuni soat 21:30 atrofida Surxondaryo viloyati Uzun tumani Malandiyon mahallasida yashovchi fuqaro T.A. o‘z uyining yerto‘lasidan 11 yoshli qizi — Sh.A.ning tan jarohatlari bor jasadini topgan. Bosh prokuratura axborotiga ko‘ra, ushbu jinoyatni sodir etganlikda fuqaro A.X. (1989-yilda tug‘ilgan) gumon qilinmoqda.

Aniqlanishicha, asli kasbi usta bo‘lgan A.X. 25-sentabr kuni qarindoshining uyida ta’mirlash ishlarini ertalab soat taxminan 8:00 da boshlab, soat 13:00 atrofida birga ishlayotgan ikki sherigi bilan tushlik qilgan, ular bilan birga bir shisha aroq ichgan. Shundan so‘ng soat taxminan 14:50 atrofida qarindoshi F.Sh.ning qo‘shnisi T.A.ning yashash uyiga borib, uning qizi Sh.A. bilan uyining yerto‘lasida — qizning qarshiligiga qaramasdan — jinsiy aloqada bo‘lib, uning nomusiga tekkan, so‘ng qasddan qizni bo‘g‘ib o‘ldirgan.

Mazkur holat yuzasidan 26-sentabr kuni Jinoyat kodeksining 97-moddasi 2-qismi “v”, “z” bandlari (“aybdorga ayon bo‘lgan ojiz ahvoldagi shaxsni nomusga tegish yoki jinsiy ehtiyojni zo‘rlik ishlatib g‘ayritabiiy usulda qondirish bilan qasddan odam o‘ldirish”) alomatlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Ma’lumot uchun, ushbu modda bo‘yicha aybdor deb topilgan shaxs yo 25 yilgacha, yo umrbod ozodlikdan mahrum etiladi.

“Kun.uz” ma’lumotiga ko‘ra, ushbu jinoyat sodir bo‘lgan vaqtda qizning onasi paxta terimida bo‘lgan; otasi esa ishlagani Rossiyaga ketgan. “O‘ldirilgan qiz tumandagi 6-maktab o‘quvchisi edi”, — deyiladi xabarda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-09-2018, 20:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 80) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют