» » Nurotadagi zilzila Navoiy, Samarqand, Buxoro va Jizzaxda sezildi

Nurotadagi zilzila Navoiy, Samarqand, Buxoro va Jizzaxda sezildi


O‘zbekistonning bir qator shaharlarida 29-sentabr, shanba kuni yerosti silkinishlari sezildi. Zilzila epitsentri Navoiy viloyatining Nurota tumani hududida (Toshkentdan 282 kilometr g‘arbda) bo‘lgan.

“Gazeta.uz”ning O‘zbekiston FVV Respublika seysmoprognostik monitoring markaziga asoslanib xabar berishicha, epitsentrda zilzila magnitudasi 4 ni tashkil etgan, zilzila o‘chog‘i 34 kilometr chuqurlikda bo‘lgan.

Yerosti silkinishlarining kuchi Navoiy shahrida (epitsentrdan 69 km uzoqlikda) 3 ball bo‘lib, Samarqand (120 km), Buxoro (156 km) va Jizzaxda (158 km) 2 ball bo‘lib sezilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-09-2018, 20:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 10) ( 0) ( 10) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют