» » APL. “Manchester Siti”, “Arsenal” va “Tottenhem”da g‘alaba, Harri Keyndan esa dubl (video)

APL. “Manchester Siti”, “Arsenal” va “Tottenhem”da g‘alaba, Harri Keyndan esa dubl (video)


Biroz oldin Angliya premyer-ligasi 7-turidan o‘rin olgan 6 uchrashuv nihoyasiga yetdi.

“Arsenal” o‘z maydonida “Uotford”ni qabul qilib, 2:0 hisobida g‘alabaga erishdi. Gollar Ketkart (avtogol) hamda Mesut O‘zil hisobiga yozildi.

“Everton” esa “Fulhem” darvozasiga javobsiz 3 ta gol urib, g‘alaba qozondi. Gollardan ikkitasi Gilfi Sigurdsson hisobiga yozilgan bo‘lsa, yana bir Jenk Tosun tomonidan kiritildi.

“Tottenhem” esa “Haddersfild” mehmoni bo‘lib, 0:2 hisobida g‘alaba qozondi. Ikkala gol ham 1-bo‘limda Harri Keyn tomonidan kiritildi.

“Manchester Siti” esa “Brayton”ni qabul qilib, Sterling hamda Agueroning gollari evaziga uch ochkoli bo‘ldi.

Kunning so‘nggi o‘yinida “Chelsi” o‘z uyida Yurgen Klopp boshchiligidagi “Liverpul”ni qabul qiladi. Qayd etish joiz, “aristokratlar” kuni kecha “Liverpul”ni Angliya Liga Kubogidan chiqarib yuborgandi. O‘yin 21:30 da boshlanadi.

Angliya premyer-ligasi

7-tur bellashuvlari

29-sentabr, shanba

Gollar: 1:0 – 5 Felipe Anderson, 2:0 – 43, avtogol Lindelyof, 2:1 – 71 Reshford, 3:1 – 74 Arnautovich.

Gollar: 1:0 – 81, avtogol Ketkart, 2:0 – 83 O‘zil.

Gollar: 1:0 – 56 Sigurdsson, 2:0 – 66 Tosun, 3:0 – 89 Sigurdsson.

Gollar: 0:1 – 25 Keyn, 0:2 – 34, penalti Keyn.

Gollar: 1:0 – 29 Sterling, 2:0 – 65 Aguero.

Gollar: 0:1 – 30, penalti Vardi, 0:2 – 73 Maguayr.

Gollar: 1:0 – 79 Kavaleyru, 2:0 – 87 Kastro.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-09-2018, 21:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 82) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют