» » A Seriya. “Roma” “Latsio”ni mag‘lub etdi, Ronaldu 2 ta golli uzatma bergan o‘yinda “Yuventus” “Napoli”dan ustun keldi (video)

A Seriya. “Roma” “Latsio”ni mag‘lub etdi, Ronaldu 2 ta golli uzatma bergan o‘yinda “Yuventus” “Napoli”dan ustun keldi (video)


Bugun, 29-sentabr sanasida futbol bo‘yicha Italiya A Seriyasining 7-tur bahslari boshlandi. Kun taqvimidan 3 uchrashuv olgandi, ulardan 2 tasi o‘z nihoyasiga yetdi.

Turni “Roma” hamda “Latsio” jamoalari o‘rtasidagi Rim derbisi ochib berdi. O‘yinda “Roma” 3:1 hisobida g‘alaba qozondi. Mezbonlar safida Lorenso Pellegrini, Aleksandr Kolarov hamda Federiko Fasio gol urgan bo‘lsa, “Latsio”ning yagona goli Chiro Immobile hisobiga yozildi.

Turning markaziy o‘yini esa Turinda kechdi. Unda “Yuventus” Karlo Anchelotti boshchiligidagi “Napoli”ni qabul qilib, 3:1 hisobida g‘alabaga erishdi. “Yuve” tarkibida Mario Manjukich dublga erishdi, Leonardo Bonuchchi esa o‘z hisobiga bitta gol yozib qo‘ydi. Krishtianu Ronaldu esa 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi. “Napoli”ning goli Dris Mertens tomonidan kiritildi.

A Seriya

7-tur bellashuvlari

29-sentabr, shanba

Gollar: 1:0 – 45 Pellegrini, 1:1 – 67 Immobile, 2:1 – 71 Kolarov, 3:1 – 86 Fasio.

Gollar: 0:1 – 10 Mertens, 1:1 – 26 Manjukich, 2:1 – 49 Manjukich, 3:1 – 76 Bonuchchi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-09-2018, 23:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 56) ( 0) ( 56) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют