» » Italiyaning “Yuventus” va Ispaniyaning “Sevilya” klublari Chempionlar ligasi chorak finali uchun ilk qadamni tashladi

Italiyaning “Yuventus” va Ispaniyaning “Sevilya” klublari Chempionlar ligasi chorak finali uchun ilk qadamni tashladi


Yevropa Chempionlar ligasining 1/8 finalida to‘qnash kelishi kerak bo‘lgan juftliklar dastlabki o‘yinlarni to‘liq o‘tkazib bo‘ldi. Uning so‘nggi kunida “Yuventus” va “Sevilya” klublari zafar quchishga muvaffaq bo‘ldi.

Turinning “Yuventus” klubi Portu shahrida mehmon bo‘lib, 2 ta gol farqi bilan g‘alaba qozondi. Bellashuvning 27-daqiqasida germaniyalik Feliks Brix mezbonlar futbolchisini maydondan chetlatdi. Bir kishi kam harakat qilishga majbur bo‘lgan “Portu” ikkinchi bo‘limda 2 ta gol o‘tkazib yubordi.

Ispaniya chempionligi uchun kurash olib borayotgan “Sevilya” esa o‘z maydonida Angliyaning amaldagi chempioni hisoblangan “Lester”dan ustun keldi. Mezbonlar 14-daqiqada belgilangan penaltini yo‘qqa chiqarib ham yakunda kerakli natijani qayd eta oldi.

Bu Klaudio Ranyeri shogirdlarining Chempionlar ligasidagi ikkinchi mag‘lubiyati bo‘ldi. Guruh bosqichining dastlabki besh turini mag‘lubiyatsiz o‘tkazgan “Lester” so‘nggi turda “Portu”dan 0:5 hisobida yengilgan va shunga qaramay uni peshqadam sifatida yakunlagandi.

Yevropa Chempionlar ligasi
1/8 final
22-fevral, chorshanba

Gollar: Marko Pyatsa, 72 (0:1). Daniel Alves, 74 (0:2).
Chetlatish: Aleks Telles, 27 (P).

Gollar: Pablo Sarabiya, 25 (1:0). Xoakin Korrea, 62 (2:0). Jeymi Vardi, 73 (2:1).
Noaniq penalti: Xoakin Korrea, 14 (S).

Опубликовано: admin (23-02-2017, 07:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 98) ( 0) ( 97) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют