» » Madridning “Real” klubi La ligadagi ikkinchi mag‘lubiyatini Valensiyada qabul qilib oldi

Madridning “Real” klubi La ligadagi ikkinchi mag‘lubiyatini Valensiyada qabul qilib oldi


Ispaniya La ligasining 16-turidan qolib ketgan bitta uchrashuv kecha — 22-fevral kuni bo‘lib o‘tdi. Madridning “Real”i klublar o‘rtasidagi Jahon chempionatida ishtirok etgani uchun uning “Valensiya”ga qarshi to‘qnashuvi shu kunga ko‘chirilgandi.

Qoldirilgan o‘yin ligada peshqadam bo‘lib turgan Zinedin Zidan jamoasi uchun omadsiz keldi. “Valensiya” mehmoni bo‘lgan “Qirollik klubi” dastlabki 10 daqiqa ichida ikkita gol o‘tkazib yubordi.

Birinchi bo‘lim so‘nggida Krishtianu Ronaldu hisobni qisqartirgan bo‘lsa-da, ikkinchi 45 daqiqalikda “Real” natijani ijobiy ko‘rinishga keltira olmadi.

Mazkur bellashuvda “Vest Hem”da olib kelingan italiyalik hujumchi Simone Zaza o‘z hisobiga gol yozib qo‘ydi. Yevro—2016 dagi noaniq penaltisidan keyin mashhur bo‘lib ketgan bu futbolchi o‘tgan turda “Atletik” darvozasiga ham gol urib, “Valensiya”ning g‘alabasiga hissa qo‘shgandi.

Mavsumni ko‘ngildagidek boshlay olmagan valensiyaliklar so‘nggi uch turda 7 ochko ishlab olishning uddasidan chiqdi. “Real” esa mag‘lubiyatiga qaramay, La liga turnir jadvalida peshqadamlik qilishda davom etadi. Klubning yana bitta qoldirilgan o‘yini bor bo‘lib, unda “Real” Vigoda “Selta” mehmoni bo‘ladi.

Bunga qadar “Real”ni faqatgina “Sevilya” futbolchilari taslim qila olgandi.

Ispaniya La ligasi
16-tur
22-fevral, chorshanba

Gollar: Simone Zaza, 4 (1:0). Fabio Orelyana, 9 (2:0). Krishtianu Ronaldu, 44 (2:1).

Опубликовано: admin (23-02-2017, 07:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 107) ( 0) ( 105) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют