» » Toshkentdagi xususiy bolalar bog‘chasi mudirasi 1 yashar bolaning yuziga urdi

Toshkentdagi xususiy bolalar bog‘chasi mudirasi 1 yashar bolaning yuziga urdi


Toshkent shahri Yakkasaroy tumanidagi Baby Univer xususiy bolalar bog‘chasi mudirasi 1 yosh-u 10 oylik tarbiyalanuvchini yig‘lashdan to‘xtatish uchun uning yuziga urgan, deb yozadi UzNews bolaning onasiga tayanib.

Ayol bolasining yuzidagi qizil dog‘larni va burnidagi ko‘kargan joyni uni bog‘chadan uyga olib ketishda payqagan. Muassasa mudirasi buni bola boshqa tarbiyalanuvchilar bilan mushtlashib qolgani bilan izohlagan.

Ammo tibbiy ekspertiza jarohatlar katta odam tomonidan yetkazilganini tasdiqlagan.

25-sentabr kuni Yakkasaroy ma’muriy sudida ushbu ish bo‘yicha sud majlisi bo‘lib o‘tdi. Bog‘cha mudirasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 52-moddasi (“Yengil tan jarohati yetkazish”) bo‘yicha aybdor deb topilib, eng kam oylik ish haqining 3 barobari miqdorida jarimaga tortildi.

Sud majlisida ayblanuvchi aybiga to‘liq iqror bo‘lib, qilmishidan pushaymon bo‘lgan va kechirim so‘ragan.

Biroq jabrlanuvchi tomon jazo bolaga yetkazilgan zararga muvofiq emas, deb hisoblaydi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-09-2018, 10:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 88) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют