» » Amerikalik general AQShning Suriyadagi harbiy ishtiroki kengaytirilishi mumkinligini aytdi

Amerikalik general AQShning Suriyadagi harbiy ishtiroki kengaytirilishi mumkinligini aytdi


AQSh qurolli kuchlari markaziy qo‘mondonligi rahbari Jozef Votel (u Yaqin Sharq uchun ham mas’ul) Amerika qo‘shinlarining Suriyadagi ishtiroki kengaytirilishi mumkinligini ma’lum qildi, deb yozadi “Kommersant”. Bu Rakkani IShID terrorchilik tashkilotidan ozod etish bo‘yicha operatsiyalarning avvalgi shiddatini qo‘llab-quvvatlash zarurati bilan bog‘liq.

Generalning fikricha, AQSh ko‘magida faoliyat yurituvchi Suriya harbiy qismlari keraklicha harakatchanlikka va quvvatga ega emas. “Biz ularda mavjud bo‘lgan ba’zi yetishmovchiliklarni to‘ldirishga tayyor bo‘lishimiz kerak. Bu o‘q yog‘dirish bo‘yicha qo‘shimcha ko‘mak berishimizni va boshqa vositalarni ajratishimizni talab qilishi mumkin”, — dedi u.

Ammo, Votelning so‘zlariga ko‘ra, Pentagon Suriyaga qo‘shimcha jangovar bo‘linmalarni yubormoqchi emas. Shu bilan birga, uning o‘zi erishilgan sur’atlarni saqlab qolish tashvishida ekanligini bildirdi. U hozirda mavjud bo‘linmalarni, ayni paytda AQSh Iroqqa nisbatan amalga oshirayotgani kabi, ularga front orti va o‘q yog‘dirish bo‘yicha ko‘maklarni ko‘rsatish orqali kuchaytirish variantini taklif etdi.

CBS ma’lumotlariga ko‘ra, yaqin orada Pentagon AQSh prezidenti Donald Trampga Iroq va Suriyada IShIDga qarshi jangovar harakatlarni kuchaytirish rejasini taqdim etadi.

IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.

Опубликовано: admin (23-02-2017, 08:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 37) ( 0) ( 36) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют