» » Adliya vazirligi “Biz korrupsiyaga qarshimiz” megatanlovini o‘tkazadi

Adliya vazirligi “Biz korrupsiyaga qarshimiz” megatanlovini o‘tkazadi


Adliya vazirligi bir qator tashkilotlar bilan hamkorlikda “Biz korrupsiyaga qarshimiz” megatanlovini o‘tkazadi.

Korrupsiya mavzusiga keng miqyosda e’tiborni tortish, qamrovli targ‘ibotni amalga oshirish, muammolarni aniqlash, jamiyatda korrupsiyaga qarshi murosasizlik kayfiyatini shakllantirish,

ushbu illatga nisbatan fuqarolik pozitsiyasini shakllantirish maqsadida mazkur tanlov tashkil etilmoqda, deya xabar berdi vazirlik matbuot xizmati.

9-dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurash kuni munosabati bilan tashkil etilgan “Biz korrupsiyaga qarshimiz” megatanlovi joriy yilning

1-oktabrdan 1-dekabrgacha quyidagi to‘rt yo‘nalish bo‘yicha o‘tkaziladi:

1. Eng yaxshi jurnalistik material (teleko‘rsatuv, raioeshittirish, maqola);

2. Eng yaxshi blogpost;

3. Eng yaxshi ijtimoiy rolik;

4. Eng yaxshi insho (“Korrupsiya – taraqqiyot kushandasi” insholar tanlovi).

Saralashyarim final va final bosqichlarida o‘tadigan ushbu tanlovda O‘zbekiston Respublikasining barcha fuqarolari ishtirok etishlari mumkin.

Bir qator xalqaro tashkilotlar homiyligida o‘tadigan megatanlov g‘oliblari quyidagi qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanadilar:

Har yo‘nalish bo‘yicha 3-o‘rin g‘oliblariga ? televizor;

Har yo‘nalish bo‘yicha 2-o‘rin g‘oliblariga ? noutbuk;

Har yo‘nalish bo‘yicha 1-o‘rin g‘oliblariga ? Sumsung S9 smartfoni.

Megatanlovga kelib tushgan materiallarni baholash uchun hakamlar hay’ati tuziladi.

Tanlov g‘oliblari Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurash kuni arafasida e’lon qilinadi.

Batafsil ma’lumot va tanlov shartlari bilan www.adliya.uz saytida tanishishingiz mumkin.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-09-2018, 13:27)
0 (голосов: 2)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 79) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют