» » Shavkat Mirziyoyev rafiqasi bilan birga Toj Mahal majmuasiga tashrif buyurdi

Shavkat Mirziyoyev rafiqasi bilan birga Toj Mahal majmuasiga tashrif buyurdi


Shavkat Mirziyoyev rafiqasi bilan birga 30-sentabr kuni Agradagi Toj Mahal majmuasiga tashrif buyurdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Prezident Hindistonga davlat tashrifini ushbu tarixiy obidadan boshlagani bejiz emas. Boburiylar merosi bo‘lgan ushbu yodgorlik o‘zbek va hind xalqlarining tarixi mushtarakligi, ikki mamlakat aloqalari mustahkam asosga ega ekani ifodasidir.

Ma’lumki, Zahiriddin Muhammad Bobur va uning avlodlari Hindistonda ulkan maqbaralar, qal’alar, shaharlar bunyod etgan. Savdo, ilm-fan, madaniyat, memorchilikni rivojlantirgan. Toj Mahalni ham Bobur bobomizning avlodi Shoh Jahon qurdirgan.

Uning memoriy yechimi shunchalik murakkab va noyob bo‘lganki, minglab quruvchilar tomonidan 20 yildan ziyod vaqt davomida barpo etilgan. Maqbara va minoralarning hamma joyi oq marmar bilan qoplangan. Yodgorlik yurtimizdagidek naqshlar va Qur’on suralari bilan bezatilgan.

Toj Mahal dunyoning yetti mo‘’jizasidan biri sanaladi. 1983-yilda UNESCO’ning jahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan.

Bu tarixiy obida hamon go‘zalligi va muhtashamligi bilan butun dunyo sayyohlarini o‘ziga jalb etadi. Bu yerga har yili qariyb 5 million turist keladi. Toj mahal Hindistonning turizm salohiyati, ayniqsa, agraliklar hayotida muhim o‘rin tutadi.

Maqbara ziyorati chog‘ida Qur’on tilovat qilindi.

Hindistonlik rasmiylar bilan muloqotda Prezidentimiz O‘zbekistonda ham qadimiy obidalar, muqaddas ziyoratgohlar ko‘pligi, ikki mamlakat o‘rtasida sayyohlar bordi-keldisini kengaytirish zarurligini ta’kidladi.

Shavkat Mirziyoyev majmuaning faxriy mehmonlar kitobiga dastxat yozib qoldirdi.

Davlatimiz rahbari Nyu-Dehli shahriga jo‘nab ketdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-09-2018, 15:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 31) ( 0) ( 31) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют