» » Yevropa ligasi. “Yunayted”, “Shalke” va “Krasnodar” keyingi bosqichga yo‘llanma oldi

Yevropa ligasi. “Yunayted”, “Shalke” va “Krasnodar” keyingi bosqichga yo‘llanma oldi


Nufuzi jihatdan Yevropa klublari musobaqalari orasida ikkinchi bo‘lgan Yevropa ligasida 1/16 finalning 3 ta juftligida barcha masala hal etildi.

Chempionlik uchun asosiy da’vogarlardan biri sifatida e’tirof etilayotgan “Manchester Yunayted” Fransiyada “Sent-Etyen” mehmoni bo‘lib, Mxitaryan tomonidan urilgan yagona gol evaziga zafar quchdi. Tomonlarning “Old Trafford”da kechgan o‘yinida “qizil iblislar” yirik — 3:0 hisobidagi g‘alabani tantana qilgandi.

Odil Ahmedovsiz qolgan Rossiyaning “Krasnodar” klubi o‘z uyida “Fenerbahche” ustidan minimal hisobida zafar quchgandi. Tomonlarning Turkiyadagi o‘yinida g‘olib aniqlanmadi — 1:1. Shu tariqa turk klubi Yevropa ligasini tark etdi.

Kunning so‘nggi o‘yinida Germaniyaning “Shalke” klubi durang o‘ynab ham, navbatdagi bosqichga yo‘llanma oldi. Boisi Bundesliga a’zosi Gretsiyada 3 ta gol farqi bilan zafar quchishning uddasidan chiqa olgandi.

Yevropa ligasi
1/16 final
22-fevral, chorshanba

Gollar: Alessandro Shopf, 23 (1:0). Matiya Nastasich, 25-avt (1:1).
Dastlabki uchrashuv: 3:0

Gollar: Fyodor Smolov, 7 (0:1). Souza, 41 (1:1).
Dastlabki uchrashuv: 1:0

Gol: Genrix Mxitaryan, 17 (0:1).
Chetlatish: Erik Bertran Bayi, 63 (M).
Dastlabki uchrashuv: 3:0

Опубликовано: admin (23-02-2017, 08:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 64) ( 0) ( 63) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют