» » Qarshidagi to‘yda ovqatdan zaharlanganlar soni 74 kishiga yetdi

Qarshidagi to‘yda ovqatdan zaharlanganlar soni 74 kishiga yetdi


Qarshi shahridagi “Baxtli oila” to‘yxonasida 27-sentabr kuni bo‘lib o‘tgan to‘y marosimidan so‘ng ovqatdan zaharlanganlar soni 74 kishiga yetdi. Bu haqda O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi Axborot xizmati “Daryo”ga ma’lum qildi.

Avvalroq “Baxtli oila” to‘yxonasidagi to‘ydan so‘ng 28-sentabr kuni 16 nafar fuqaro, 29-sentabr kuni esa 7 nafar fuqaro ovqatdan zaharlanish — “o‘tkir gastroenterit” tashxisi bilan Qashqadaryo viloyat Yuqumli kasalliklar shifoxonasiga yotqizilgani haqida xabar berilgan edi.

Sog‘liqni saqlash vazirligidan ma’lum qilishlaricha, yuzaga kelgan ushbu vaziyat yuzasidan viloyat Yuqumli kasalliklar shifoxonasida maxsus shtab tashkil etilgan va to‘yda qatnashganlarning ro‘yxatini shakllantirish maqsadida patronaj hamshiralar yordamida uyma-uy ko‘rik tashkil etilgan. “Natijada to‘yda qatnashganlar orasida kasallik belgilari bo‘lgan 42 nafar fuqaro aniqlanib, shifoxonaga yotqizilgan”, — dedi Sog‘liqni saqlash vazirligi axborot xizmati rahbari Furqat Sanayev.

Shu munosabat bilan to‘ydan so‘ng zaharlangan fuqarolar soni 30-sentabr holatiga ko‘ra 74 kishiga yetgan. Ulardan 72 nafarining ahvoli o‘rtacha yengil holatda ekani, qolgan ikki bemorning uyiga javob berilgani aytilmoqda.

Ayni vaqtda sanitariya-epidemiologiya organlari tomonidan to‘yxonada, shuningdek, to‘y uchun salat tayyorlagan fuqaroning xonadonida ham o‘rganishlar o‘tkazilgan. Aniqlanishicha, to‘yxona oshxonasida mahsulotlarga ishlov berish sexlari (xonalari) tashkil etilmagan. Oziq-ovqat mahsulotlarini, shu jumladan, tez buziladigan go‘sht va go‘sht, sut va sut mahsulotlari, qandolat mahsulotlarini saqlash uchun sovutgichlar yetarli emas.

“Mavjud bitta sovutgich-kamerada xom va tayyor mahsulotlar ularni saqlash qoidalariga rioya kilinmagan holda saqlanmoqda. Oshxona asbob-uskunalari markirovka qilinmagan. Idish-tovoqlarni yuvish uchun sharoit yaratilmagan. To‘yxona xodimlari tibbiy ko‘rikdan o‘tmagan, sanitariya minimum o‘quv kurslarida o‘qimagan”, — deyiladi vazirlik axborotida.

To‘y uchun uch xil salatni o‘z yashash xonadonida tayyorlagan Qarshi shahrida istiqomat qiluvchi fuqaroning uyi ham tekshirilgan va unda “salat tayyorlash uchun umuman sharoit yaratilmaganligi aniqlangan”. Jumladan, salat tayyorlash bitta xonada amalga oshirilgan, xom mahsulotlarni yuvish uchun bitta vannadan foydalanilgan, fuqaro ushbu faoliyat uchun tegishli ruxsatnoma olmagan.

“Sanitariya-epidemiyaga qarshi talablarni buzganligi uchun to‘y uchun salat tayyorlagan fuqaroga nisbatan ma’muriy ish qo‘zg‘atilib, u eng kam ish xaqining besh barobari (921 500 so‘m) miqdorida jarimaga tortilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-09-2018, 18:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 64) ( 0) ( 62) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют