» » O‘zbekistonlik paralimpiyachilar Indoneziyadagi III Paraosiyo o‘yinlariga jo‘nab ketdi (foto)

O‘zbekistonlik paralimpiyachilar Indoneziyadagi III Paraosiyo o‘yinlariga jo‘nab ketdi (foto)


Joriy yilning 6—13-oktabr kunlari Indoneziya poytaxti Jakarta shahrida III Paraosiyo o‘yinlari bo‘lib o‘tadi. Ushbu musobaqada o‘zbekistonlik paralimpiyachilar ham ishtirok etadi. Bugun sportchilar Jakartaga kuzatildi. Bu haqda MOQ matbuot xizmati xabar berdi.

Avvaliga O‘zbekiston Milliy paralimpiya assotsiatsiyasida sportchilar uchun bayram dasturxoni yozildi.

So‘ngra Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida Paraosiyo o‘yinlarida O‘zbekiston sharafini himoya qiluvchi sportchilarni tantanali kuzatish marosimi o‘tkazildi.

Ma‘lumot uchun, III Paraosiyo o‘yinlarida O‘zbekiston terma jamoasi tarixda ilk marotaba 54 nafar sportchi bilan ishtirok etadi. O‘zbekistonlik atletlar sportning beshta turi: pauerlifting, dzyudo, o‘q otish, suzish va yengil atletika bo‘yicha bahslarda o‘z omadlarini sinab ko‘radi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-09-2018, 20:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 53) ( 0) ( 51) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют