» » Aerofobiyani yengishning 5 yo‘li

Aerofobiyani yengishning 5 yo‘li


Aerofobiya – bu samolyotda uchish oldidan paydo bo‘ladigan qo‘rquv. Ma’lumotlarga qaraganda, kattalarning 15—30 foizi bu narsadan aziyat chekar ekan.

Hammamiz ham uchish oldidan aqlimizga yomon xayollarni keltiramiz. Lekin bunday xayollar qanaqadir kasallikning yoki fobiyaning belgisi hisoblanmaydi albatta.

Qo‘rquvning nazorat qilib bo‘lmaydigan darajada bo‘lishi va uchishdan bir necha kun oldin uyda boshlanadigan vahima xuruji aerofobiyaning belgilari hisoblanadi.

Qo‘rquvni qanday yengish mumkin?

1. Uchish oldidan aviahalokatlar to‘g‘risidagi kinolarni ko‘rmaslikka va kitoblar o‘qimaslikka harakat qiling.
2. Uchish oldidan och qolmaslikka harakat qiling, hatto parhezni ham to‘xtating.
3. Meditatsiya, nafas olish mashqlari kabi organizmni bo‘shashtiruvchi ommabop usullardan birini o‘rganing.
4. O‘zingiz bilan shifokor tomonidan tavsiya qilingan birorta tinchlantiruvchi vosita oling.
5. Samolyotda o‘zingizni chalg‘itadigan biror ish (kitob o‘qish, musiqa tinglash yoki tikish) bilan shug‘ullanishni oldindan rejalashtiring.

Manba: “Psy.passion.ru”

Опубликовано: admin (23-02-2017, 09:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 68) ( 0) ( 67) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют