» » Toshkentda “Hayot” filmining taqdimot marosimi bo‘lib o‘tdi

Toshkentda “Hayot” filmining taqdimot marosimi bo‘lib o‘tdi


Alisher Navoiy nomidagi kinosaroyda “Hayot” nomli filmning taqdimot marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Tadbir avvalida harbiy orkestr ijrosida kuy-qo‘shiqlar ijro etildi. 2000-yilda Surxondaryo viloyatining Sariosiyo va Uzun tumanida chegarani bosib o‘tgan terrorchi guruhlarga qarshi kurashib, halok bo‘lgan o‘zbek askarlarining oila a’zolari sahnaga taklif etildi. Ularga sovg‘alar ulashildi.

Film halok bo‘lgan askar yigitlar xotirasiga bag‘ishlanadi.

“O‘zbekkino” milliy agentligi buyurtmasiga asosan “Vatan” kinostudiyasida suratga olingan mazkur film rejissyori Hilol Nasimov, ssenariy mualliflari Iqbol Mirzo hamda Zulfiya Yunusovadir.

Kinokartinada asosiy rollarni Fotih Nasimov, Oysanam Yusupova, Tohir Saidov, Lola Eltoyeva, Farhod Abdullayev, Mehriddin Rahmatov, Samiddin Lutfullayev va boshqa aktyorlar ijro etgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-09-2018, 22:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 63) ( 0) ( 62) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют