» » Allamjonov Prezidentning Hindistonga tashrifiga doir asosiy tadbirlar bilan tanishtirdi

Allamjonov Prezidentning Hindistonga tashrifiga doir asosiy tadbirlar bilan tanishtirdi


Shavkat Mirziyoyevning Hindistonga tashrifi munosabati bilan Prezident matbuot kotibi Komil Allamjonov OAV vakillari uchun brifing o‘tkazdi.

Allamjonovga ko‘ra, davlat tashrifining asosiy tadbirlari 1-oktabrga mo‘ljallangan. Shavkat Mirziyoyev va rafiqasini tantanali kutib olish marosimi Hindiston prezidentining “Rashtrapati Bxavan” saroyida bo‘lib o‘tadi.

Prezident shu yerda O‘zbekiston va Hindiston OAVlari uchun qisqa bayonot berishi ham ko‘zda tutilgan.

Haydarobod saroyida Shavkat Mirziyoyevning Hindiston bosh vaziri Narendra Modi hamda hukumat a’zolari bilan tor va keng doiradagi muzokaralari bo‘lib o‘tadi. Ular yakunida O‘zbekiston Prezidenti va Hindiston bosh vazirining qo‘shma bayonoti qabul qilinishi rejalashtirilgan.

O‘ziga ajratilgan qarorgohda davlat rahbari Hindiston vitse-prezidenti, Senat raisi Venkayax Nayda hamda tashqi ishlar vaziri Sushma Svaraj bilan uchrashuvlar o‘tkazadi, tomonlarni qiziqtirgan dolzarb masalalar muhokama qilinadi.

Shavkat Mirziyoyev va Hindiston prezidenti Ram Nath Kovindning uchrashuvida ikki tomonlama sheriklikning dolzarb yo‘nalishlari yuzasidan fikr almashiladi. Davlat rahbari sharafiga tantanali qabul tashkil etiladi.

Bosh vazir o‘rinbosari Suhrob Xolmurodovning Prezidentga bergan hisobotida bildirilishicha, tashrif yakunida davlatlararo, hukumatlararo va idoralararo qator hujjatlar, shuningdek, umumiy qiymati 3 milliard AQSh dollaridan ziyod qiymatdagi shartnomalar imzolanishi ko‘zda tutilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-10-2018, 08:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 1) ( 83) ( 2)
Юзеры:
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей...