» » O‘zbekistonda Maktabgacha ta’limni rivojlantirish jamg‘armasi tashkil etiladi

O‘zbekistonda Maktabgacha ta’limni rivojlantirish jamg‘armasi tashkil etiladi


Prezident Shavkat Mirziyoyev “Maktabgacha ta’lim tizimini boshqarishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi.

Hujjat bilan Maktabgacha ta’lim vazirligi negizida quyidagilar tashkil etilishi ko‘zda tutilmoqda:

Axborot va pedagogika texnologiyalari innovatsion markazini davlat muassasasi shaklida tashkil etish hamda unga quyidagi vazifalarni yuklash:

Ta’lim-tarbiya jarayoniga ilg‘or pedagogika va axborot texnologiyalarini joriy etish, Maktabgacha ta’limni boshqarish axborot tizimining joriy etilishini ta’minlash;

Ta’lim-tarbiya jarayonida, maktabgacha tarbiya tizimining pedagog va rahbar xodimlari tarkibini o‘qitish jarayonida foydalanish hamda turli telekommunikatsiya kanallari orqali tarqatish uchun media-kontent tayyorlash va ishlab chiqarish;

Maktabgacha ta’lim muassasalari uchun o‘quv-metodik, didaktik materiallarni tayyorlash va ishlab chiqarish;

Maktabgacha yoshdagi bolalarni erta rivojlantirish bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar o‘tkazish;

Maktabgacha ta’limni boshqarishning zamonaviy standartlarini ishlab chiqish va joriy etish;

Maktabgacha ta’lim tizimiga joriy etilayotgan ta’lim usullari va dasturlarini tahlil qilish va samaradorligini baholash;

Ixtisoslashtirilgan loyiha-izlanish institutini davlat unitar korxonasi shaklida tashkil etish hamda Institutni maktabgacha ta’lim tizimi buyurtmachilari bilan tuzilgan shartnomalarga muvofiq investitsiya loyihalari bo‘yicha, jumladan, davlat-xususiy sheriklik loyihalari bo‘yicha loyihaoldi va loyiha hujjatlarini ishlab chiqishda bosh loyiha tashkiloti sifatida belgilash;

Infratuzilmani rivojlantirish bo‘yicha injiniring kompaniyasini davlat unitar korxonasi shaklida tashkil etish hamda Injiniring kompaniyasiga maktabgacha ta’lim tizimi obyektlarini qurish, kapital ta’mirlash va jihozlash bo‘yicha buyurtmachi funksiyalarini yuklash hamda kompaniya xizmatlari bilan bog‘liq xarajatlarni davlat maktabgacha ta’lim muassasalarini qurish, kapital ta’mirlash va rekonstruksiya qilish qiymatiga kiritish;

Maktabgacha ta’limni rivojlantirish jamg‘armasi.

Quyidagilar Jamg‘arma mablag‘larini shakllantirish manbalari etib belgilansin:

Respublika byudjeti mablag‘lari, jumladan, 2018—2019-yillarga mo‘ljallangan, har chorakda ajratilib, har yili byudjet qoidalariga muvofiq indeksatsiyalanadigan jami 100 milliard so‘m miqdorida;

Davlat maktabgacha ta’lim muassasalarining foydalanilmayotgan ko‘chmas mulkini sotishdan tushgan mablag‘lar — 100 foiz miqdorida;

Vazirlik tuzilmasiga kirgan tashkilotlar va muassasalar faoliyatini tekshirish natijalari bo‘yicha Vazirlik ichki audit xizmatlari tomonidan aniqlangan hamda davlat byudjeti, maqsadli jamg‘armalari va byudjetdan tashqari jamg‘armalari daromadiga undirilgan byudjet mablag‘larining noqonuniy xarajatlari, o‘g‘irlik, kamomad summalarining 50 foizi;

Jamg‘armaning vaqtincha bo‘sh turgan mablag‘larini joylashtirishdan olingan daromadlar;

jismoniy va yuridik shaxslar, jumladan, O‘zbekiston Respublikasi norezidentlarining xayriya mablag‘lari;

xalqaro moliya tashkilotlari, xorijiy davlatlar va boshqa donorlar kreditlari (qarzi), grantlari va texnik ko‘maklashish mablag‘lari;

qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-10-2018, 09:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 74) ( 0) ( 73) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют