» » Donald Tramp rasman tinchlik bo‘yicha 2018-yilgi Nobel mukofotiga da’vogar bo‘ldi

Donald Tramp rasman tinchlik bo‘yicha 2018-yilgi Nobel mukofotiga da’vogar bo‘ldi


AQSh prezidenti tinchlik bo‘yicha 2018-yilgi Nobel mukofotiga ehtimoliy da’vogarlar ro‘yxatiga kirdi, deb yozadi Forum Daily. Bunga uning shu yil iyunida Singapurda Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In tarixiy uchrashuv o‘tkazgani sabab bo‘ldi. Bu muzokaralar Koreya yarim orolida yadroviy qurolsizlanish jarayonining boshlanishi bo‘lishi mumkin.

Tinchlik bo‘yicha 2018-yilgi Nobel mukofoti sovrindori nomi 5-oktabr kuni Norvegiya poytaxti Osloda bo‘lib o‘tadigan matbuot anjumanida e’lon qilinadi. 1,4 million dollar mukofot puli g‘olibga 10-dekabrdagi tantanali marosimda topshiriladi.

Mukofotga ehtimoliy nomzodlar ro‘yxatida 300 dan ortiq odam bor, ammo Tramp short-listga kirishi taxmin qilinmoqda. Unga, shuningdek, KXDR rahbari Kim Chen In, Janubiy Koreya prezidenti Mun Chje In, Germaniya kansleri Angela Merkel, Rim papasi Fransisk, qochoqlar masalalari bo‘yicha BMT Oliy komissari Filippo Grandi ham kiritilishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, Norvegiyaning hukmron partiyasi a’zolari AQSh prezidenti Donald Trampni Koreya yarim orolini yadrosizlantirish haqidagi bitimga erishish yo‘lidagi xizmatlari uchun tinchlik bo‘yicha Nobel mukofotiga 2018-yil iyunida nomzod sifatida ilgari surgan edi. Ammo Tramp 2018-yilda Nobel mukofotini ololmasligi, bu yil mukofot uchun kurashda eng kechi bilan yanvarda ilgari surilgan nomzodlar qatnashayotganligi aytilgan edi. Yangi ma’lumotga ko‘ra esa, Tramp 2018-yilgi short-listga kirishi mumkin.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-10-2018, 10:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 56) ( 0) ( 53) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют