» » Alisher Usmonov “Megafon” xorijiy birjaga qaytishi mumkinligini aytdi

Alisher Usmonov “Megafon” xorijiy birjaga qaytishi mumkinligini aytdi


“Megafon”ning chet el fond birjasiga qaytishi kelajakda istisno qilinmagan. Bu haqda mobil operatorning asosiy aksiyadori — USM xolding rahbari Alisher Usmonov “Rossiya-1” telekanaliga bergan intervyusida aytib o‘tdi, deb yozadi “TASS”.

“Bu birjaga xos normal vaziyat — kompaniya sotib oladi, keyin bu davr o‘tadi… G‘arbda ham bozor volatilligi xuddi shunday bo‘ladi”, — deya aniqlik kiritdi Usmonov “Megafon” kompaniyasining London birjasidan delisting qilinishi haqidagi qarorga. “Albatta, yo‘q”, — deya javob berdi u “Megafon” aktivlarining G‘arb birjasiga qaytish ehtimoli istisno qilinadimi? — degan savolga.

15-iyul kuni “Megafon” direktorlar kengashi London fond birjasidan delisting qilishni tasdiqlagan edi. Usmonov delisting kompaniyaning investitsiyalarni talab qiluvchi yangi raqamli strategiyasi hamda g‘arblik investorlar faolligining pasayishi bilan bog‘liq ekanligini aytdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-10-2018, 11:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 50) ( 0) ( 49) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют