» » KXDR va Janubiy Koreya 1-oktabrdan qurolsizlantirilgan hududni minalardan tozalashni boshladi

KXDR va Janubiy Koreya 1-oktabrdan qurolsizlantirilgan hududni minalardan tozalashni boshladi


KXDR va Janubiy Koreya harbiylari 1-oktabr, dushanba kunidan ikki mamlakatni ajratib turuvchi va g‘arbdan sharqqa 4 km kenglikda cho‘zilgan qurolsizlantirilgan hududni minalardan tozalashni boshladi, deb yozadi “RIA Novosti”.

Minalarni va portlamay qolgan o‘q-dorilarni yo‘q qilish, xususan, Shimol va Janubning 1950—1953-yillardagi Koreya urushi davrida halok bo‘lgan harbiy xizmatchilar jasadlarini birgalikda qidirish haqidagi kelishuvlarini amalga oshirish doirasida olib borilmoqda.

Koreya Respublikasi mudofaa vazirligi taxmin qilishicha, qurolsizlantirilgan hududda bir necha o‘n minglab minalar bo‘lishi mumkin.

Birinchi bosqichda 20 kun ichida Pxanmunjom chegara punktidagi “birgalikda qo‘riqlanadigan zona” minalardan tozalanadi. So‘ng Kanvondo provinsiyasining Chxorvon uyezdida ham minasizlantirish ishlari olib borilib, halok bo‘lganlar jasadlari qidiriladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-10-2018, 13:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 62) ( 0) ( 62) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют