» » IIV Olmaliqdagi ichki ishlar xodimi bilan bog‘liq holatga oydinlik kiritdi

IIV Olmaliqdagi ichki ishlar xodimi bilan bog‘liq holatga oydinlik kiritdi


Ijtimoiy tarmoqlarda “Olmaliqda militsiya mayori pogoni yulinib, kaltaklandi” sarlavhasi bilan tarqatilgan maqola o‘z tasdig‘ini topmadi va voqeaning asl holati ma’lum bo‘ldi. Bu haqda IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi matbuot xizmati xabar berdi.

2018-yilning 22-iyun kuni soat 23:00 larda Olmaliq shahar, Primqulova ko‘chasida, 1987-yilda tug‘ilgan Ergashev Doniyor Risqulovich, 1988-yilda tug‘ilgan Kushnayev Utkirbek Abduvaxapovich va Ergashev Sanjar Abdurasulovichlar jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan mensimasdan baland ovozda baqir-chaqir qilib, og‘zaki janjal qilgan vaqtda, fuqarolar tomonidan ushbu hudud profilaktika inspektori mayor Raxmonov Davronning uyiga borib, janjalni tinchlantirish yuzasidan murojaat qilishgan. Ushbu hududga biriktirilgan, lekin tungi xizmatga jalb qilinmagan profilaktika inspektori mayor D.Raxmonov voqea joyiga yetib kelib, ulardan bezorilik harakatlarini to‘xtatishni va uylariga tarqalishlarini talab qilgan. Biroq D.R.Ergashev, O‘.A.Kushnayev va S.A.Ergashevlar mayor D.Raxmonovga faol qarshilik ko‘rsatib, uning qonuniy talablarini bajarmasdan, uni haqorat qilib, obro‘sizlantirib, qo‘llarini qayirib, u holsizlanib qolgan vaqtda, go‘yoki xizmat vaqtida mast ekanligi haqida sha’niga putur yetkazuvchi haqoratli gaplarni aytib, uyali telefonga tasvirga olib, internet ijtimoiy tarmoqlari orqali tarqatib yuborganlar.

Aynan shu vaqtda ushbu hududga tungi xizmatga jalb qilingan profilaktika inspektori katta leytenant Valiyev Po‘lat hududni nazorat qilib yurganida janjal bo‘layotgan holatga duch keladi va mayor D.Raxmonovga yordamga boradi. Janjal bo‘lgan joyda hech qanday restoran bo‘lmagan, xodimlar esa shu kuni spirtli ichimlik iste’mol qilmaganlar.

Mazkur holat yuzasidan Toshkent viloyati prokuraturasi tomonidan Ergashev Doniyor Riskulovich, Kushnayev Utkirbek Abduvaxapovich va Ergashev Sanjar Abdurasulovichlarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 219-moddasi 1-qismi (Qarshilik ko‘rsatish, ya’ni xizmat vazifasini bajarayotgan hokimiyat vakilining qonuniy faoliyatiga yoki fuqaroviy burchini bajarayotgan shaxsga faol qarshilik ko‘rsatish) va 140-moddasi 3-qismi “a” bandi (Haqorat qilish: a)jabrlanuvchini o‘z xizmat yoki fuqarolik burchini bajarishi munosabati bilan bog‘liq holda) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirgi kunda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-10-2018, 15:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 76) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют