» » Namanganda aliment to‘lashdan bo‘yin tovlagan 3 nafar shaxsga 15 sutka qamoq jazosi tayinlandi

Namanganda aliment to‘lashdan bo‘yin tovlagan 3 nafar shaxsga 15 sutka qamoq jazosi tayinlandi


Majburiy ijro byurosi Kosonsoy tuman bo‘limi va tuman ma’muriy sudi tomonidan o‘tkazilgan sayyor sudda aliment to‘lashdan bosh tortib kelgan uch nafar fuqaroning ishi ko‘rib chiqildi. Bu haqda “Daryo”ga MIB Namangan viloyat boshkarmasi jamoatchilik bilan alokalar va xukuqiy axborot bo‘limi ma’lum qildi.

S.Q. bir necha bor ogohlantirilishiga qaramay farzandining moddiy ta’minoti uchun alimentni yillar davomida to‘lashdan bo‘yin tovlab kelgan. U salkam 13 million so‘m qarzi uchun tegishli tartibda o‘n besh sutka qamoq jazosiga tortildi.

N.X. ikki nafar farzandi uchun to‘lashi kerak bo‘lgan alimentlari to‘planib, summasi salkam 10 million so‘mga yetsa ham parvo qilmadi. Rasman 3 marotaba ogohlantirishdan so‘ng unga ham 15 sutkalik qamoq jazosi berildi.

O.Sh. ham ikki nafar farzandi oldidagi qonuniy burchini bajarmaganligi tufayli alimentdan qarzdorligi 5 million so‘mdan oshdi. Unga nisbatan ham sud 15 sutkalik qamoq jazosini tayinladi.

Ma’lumot uchun, MIB Kosonsoy tuman bo‘limi tomonidan joriy yilning 8 oyi davomida 1320 nafar alimentchidan 923 million so‘m undirildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-10-2018, 16:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 41) ( 0) ( 40) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют