» » “Real” butun bir 2016-yil Ispaniyada 2 ta o‘yinni boy bergandi, 2017-yilning ikki oyida esa uchta o‘yinda yengilib ulgurdi

“Real” butun bir 2016-yil Ispaniyada 2 ta o‘yinni boy bergandi, 2017-yilning ikki oyida esa uchta o‘yinda yengilib ulgurdi


Madridning “Real” klubi 2016-yil Ispaniyada bor-yo‘g‘i ikkita o‘yinda imkoniyatni boy bergandi. 2017-yilning ikki oyi yakuniga yetib ulgurmay, “Qirollik klubi” uchinchi mag‘lubiyatini qabul qilib oldi.

Zidan shogirdlari La ligada “Sevilya”ga imkoniyatni boy bergan bo‘lsa, Ispaniya kubogida “Selta”dan yengildi. Bu safar esa “Valensiya” oldida ojiz qoldi. Qiziq tomoni, uch mag‘lubiyatning hammasi bir xil hisobda — 1:2.

Biz o‘yinning boshidayoq mag‘lub bo‘lib ulgurgandik. Jamoa o‘yinni juda ochiq boshladi. Yuzaga kelgan bo‘shliqlar esa bizni “o‘ldirdi”.

O‘yinni shunday boshlaganimiz uchun o‘zimizdan xafamiz. Agar bahs uchun kerakli e’tiborni jalb qila olmasang, raqib seni jazolaydi. Ruhiy tayyorgarlik juda muhim narsa.

Raqibni tan olish kerak. Ular uchrashuvni ajoyib boshlay oldi va uni g‘alabaga olib bordi, tabriklarim. Biz esa orom olishimiz va keyingi o‘yin haqida o‘ylashimiz kerak.

Zinedin Zidan, “Real Madrid” bosh murabbiyi

Biz to‘pni nazorat qilishni istagandik. Biroq “Real”dan uni olib qo‘yish oson bo‘lmadi.

Biz birinchi bo‘limni juda ajoyib o‘tkazdik. Ikkinchi bo‘limda esa shuning aksi kuzatildi. Boshqa o‘yinlardagi g‘alabadan farq qilmaydigan 3 ochko ishlab olganimiz rost. Biroq bu biz uchun alohida ahamiyat kasb etadi. Muxlislar uni orziqib kutishgandi, futbolchilar esa borlarini berib to‘p surishdi.

G‘alaba o‘zimizga bo‘lgan ishonchni oshiradi. “Mestalya”dagi o‘yinlar qolgan raqiblar uchun ham mana shunday qiyin bo‘lishi kerak. Hozir esa muxlislarni xursand qila olganimizdan shodmiz.

Salvador Gonsales Voro, “Valensiya” bosh murabbiyi

Mag‘lubiyatga ruhiy tayyorgarligimizni sabab deb bilmayman. Shunchaki o‘yin boshidagi ikki jiddiy xato yakunga qadar yetarli bo‘ldi. Hujum vaqtida tez-tez tavakkal qilishga majbur bo‘ldik va raqib bundan foydalana oldi.

Chempionatda hamma narsa bizga bog‘liq. Shu boisdan yetakchilikni saqlab qolishimiz kerak.

Serxio Ramos, “Real Madrid” a’zosi

“Valensiya” futbolchilari o‘yin uchun bor diqqat-e’tiborlarini jalb qilishdi hamda mas’uliyat, bor kuch bilan to‘p surish kabi fazilatlar sabab zafar quchishdi. Bellashuv qiyin o‘tishini bilganimiz uchun ham unga yuz foiz tayyorlanishga harakat qildik. O‘ylaymanki, jamoamiz g‘alabaga munosib edi.

Daniel Parexo, “Valensiya” a’zosi

Biz o‘yin debyutini rasvo qildik. Bu borada o‘zimizni oqlolmaymiz. Hammasiga o‘zimiz aybdormiz, chunki ikkita gol o‘tkazib yubordik. Hisobni tenglashtirish uchun hamma narsa qilib ko‘rdik, biroq kech bo‘lgandi.

“Valensiya” — ajoyib jamoa. Bunga qadar ular qiyin yo‘lni bosib o‘tishdi. Ularning muxlislari oldida to‘p surish har doim qiyin bo‘lgan.

Biz xatolarimizni o‘rganib chiqishimiz kerak. Chempionatda yetakchilik qilayotgan bo‘lsak-da, boshqa bunday o‘ynamasligimiz shart.

Merselo, “Real Madrid” a’zosi

Опубликовано: admin (23-02-2017, 10:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 74) ( 0) ( 73) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют