» » “Barselona” himoyachisi kamida 3 hafta maydonga tusha olmaydi

“Barselona” himoyachisi kamida 3 hafta maydonga tusha olmaydi


“Barselona”ning fransiyalik himoyachisi Samyuel Umtitining jarohatidan tiklanish bo‘yicha dastlabki tafsilotlar ma’lum bo‘ldi, deb yozadi Mundo Deportivo.

Qayd etilishicha, JCh—2018 chempioni kamida 3 hafta maydonga tusha olmaydi. Umtiti 27-sentabr kungi mashg‘ulotlarda jarohat olgandi. Agar futbolchining holati yaxshilanmasa, u holda Umtiti jarrohlik amaliyotini boshdan o‘tkazishga majbur bo‘ladi. Operatsiya esa uning tiklanish jarayonini yanada uzaytiradi. Samyuelning jarrohlik amaliyotisiz ham FIFA (oktabrda terma jamoalar o‘yinlari mavjud) kunlaridan so‘ng uchta o‘yinda — “Sevilya”(20-oktabr), “Inter”(23-oktabr), “Real”(28-oktabr) maydonga tushishi ham so‘roq ostida qolmoqda.

“Barselona” esa futbolchining sog‘lig‘i bilan tavakkal qilmoqchi emas va iloji boricha uning chap tizzasi bilan bog‘liq jarohat bo‘yicha aniq tashxisga ega bo‘lishni istamoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-10-2018, 20:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 112) ( 0) ( 110) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют