» » Andijonlik fuqaro arizasi tuhmat ekanligi sababli qonun oldida javob beradi

Andijonlik fuqaro arizasi tuhmat ekanligi sababli qonun oldida javob beradi


Joriy yilning iyul oyida Oltinko‘l tumanida yashovchi fuqaro T.T Andijon viloyat prokuraturasiga ariza bilan murojaat qilib, “Erkin” mahalla fuqarolar yig‘inining posboni T.A yashash xonadonida qimor o‘yinlarini tashkil qilayotganligi, MFY raisi I.A esa kotib vazifasida ishlovchi U.Sh dan 200 AQSh dollarini pora tariqasida olib, uni MFYga ishga qabul qilganligi haqida xabar qilgan, deb yozadi Andijon viloyati IIB matbuot xizmati.

Murojaat yuzasidan olib borilgan tergovga qadar tekshiruv harakatlari davomida T.T.ning arizasida ko‘rsatilgan T.A yashash xonadonida tavakkalchilikka asoslangan qimor o‘yinlari tashkil qilganligi va I.A esa pora olganligi holati o‘z tasdig‘ini topmasdan, T.T “Erkin” MFY mas’ul xodimlariga nisbatan shaxsiy adovati borligi uchun tuhmat qilganligi ma’lum bo‘ldi. Olib borilgan dastlabki tergov harakatlari davomida fuqaro T.T. yozgan arizasidagi holatlarni ko‘rib guvohi bo‘lmasdan, yetarli dalillarga ega bo‘lmagani holda bila turib ariza bilan murojaat qilganligi aniqlandi.

Mazkur holat yuzasidan joriy yilning 17-sentabr kuni Oltinko‘l tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan T.T.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 237-moddasi 1-qismi va 139-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Fuqaro T.T yolg‘on xabar berganligi hamda bir necha fuqarolarni g‘arazli niyatda jinoyat sodir etishda ayblab tuhmat qilganligi oqibatida qonun oldida javob beradi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-10-2018, 20:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 75) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют