» » Tibbiyot bo‘yicha Nobel mukofoti saratonga qarshi kurashning yangi usulini o‘ylab topgan ikki olimga topshiriladi

Tibbiyot bo‘yicha Nobel mukofoti saratonga qarshi kurashning yangi usulini o‘ylab topgan ikki olimga topshiriladi


2018-yilgi tibbiyot va fiziologiya bo‘yicha Nobel mukofotini Jeyms Ellison va Tasuku Xondzyo qo‘lga kiritdi, ular immun tizimining salbiy boshqaruvini to‘xtatib qo‘yish yordamida saratonga qarshi davolash usulini o‘ylab topdi. Ikkala olim ham o‘simtaga qarshi mexanizmlar kuchayishini to‘xtatib qo‘yuvchi alohida oqsillarni o‘rganib chiqdi, deyiladi mukofot rasmiy saytida.

Jeyms Ellison nazorat nuqtasi bo‘lgan, ya’ni ummun javobini bosib turuvchi CTLA-4 membrana oqsilini o‘rganish bilan shug‘ullangan. Ushbu mexanizm T-hujayralarning organizmning o‘ziga tegishli bo‘lgan hujayralarga hujumi oldini oladi. Olim CTLA-4 ni antitelalar yordamida passivlashtirish usulini topdi, bu T-limfotsitlarga shishga qarshi kurashish imkonini beradi.

Tasuku Xondzyo immun tizimining salbiy boshqarilishida va T-limfotsitlarning faolligi oldini olishda rol o‘ynaydigan boshqa PD1 membrana oqsilini tadqiq qildi. Ushbu olimlarning ishlari tufayli, immun nazorat nuqtalarini to‘xtatib qo‘yish deb nomlanuvchi tamomila yangi saraton terapiyasini ishlab chiqishga muvaffaq bo‘lindi.

Nobel mukofoti rasman 2018-yil 10-dekabr kuni Shvetsiya qiroli Karl XVI Gustav tomonidan topshiriladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-10-2018, 21:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 89) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют