» » Suriyadagi jangovar harakatlarda ishtirok etayotgan harbiy qismda o‘zini portlatmoqchi bo‘lgan o‘zbekistonlik Rossiyada 15 yilga qamaldi

Suriyadagi jangovar harakatlarda ishtirok etayotgan harbiy qismda o‘zini portlatmoqchi bo‘lgan o‘zbekistonlik Rossiyada 15 yilga qamaldi


Rossiya FXX xodimlari tomonidan Bilimlar kunida terakt sodir etishga tayyorgarlik ko‘rgani uchun qo‘lga olingan O‘zbekiston fuqarosi Murodbek Qodirov boshqa jinoyati uchun javobgarlikka tortildi. Bu haqda “Kommersant” xabar bermoqda.

Tergovning yakuniy xulosasiga ko‘ra, Qodirov internetdagi onlayn-translyatsiya davomida Suriyadagi jangovar harakatlarda ishtirok etayotgan harbiy qismda o‘zini portlatmoqchi bo‘lgan.

Murodbek Qodirov 2017-yilda qo‘lga olinganidan so‘ng FXX o‘zbekistonlik 1-sentabr kuni odamlar gavjum bo‘ladigan joyda terakt sodir etishga tayyorgarlik ko‘rganlikda gumon qilinayotganini ma’lum qilgan, uning uyidan kuchli bomba topilgandi.

Sudda Murodbek Qodirov aybini tan olib, Rossiyaga jihod sodir etish maqsadida kelganini bildirgan.

FXX va qo‘lga olinganidan keyin tergov bilan faol hamkorlik qilgan Qodirovga ko‘ra, u Suriya bombardimon oqibatida halok bo‘lgan akasi uchun qasos olish maqsadida teraktga tayyorgarlik ko‘rgan. 2017-yil 29 iyul kuni Qodirov Telegram orqali IShIDga qasamyod keltirib, terrorchilar yetakchilaridan biridan Moskva mintaqasida terakt sodir etish haqida ko‘rsatma oladi.

Qodirov va uning sheriklari teraktni havo-koinot kuchlari qismlaridan birida uyushtirishni rejalashtirishgan. Ular shu tariqa “davlat hokimiyati idoralari ishini beqarorlashtirish” va “ular Suriyadagi harbiy operatsiyalarni to‘xtatish haqida qaror qabul qilishiga ta’sir o‘tkazish”ni rejalashtirgani iddao qilinadi.

Murodbek Qodirovning ishini ko‘rib chiqqan harbiy sud uni 15 yil ozodlikdan mahrum etish jazosini tayinladi. Qodirovning himoyachilari shikoyatidan so‘ng ishni qaytadan ko‘rib chiqqan Rossiya Oliy sudi mazkur hukmni o‘zgarishsiz qoldirdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-10-2018, 21:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 72) ( 0) ( 71) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют