» » Tesla kompaniyasi aksiyalari 18 foizga ko‘tarilib ketdi

Tesla kompaniyasi aksiyalari 18 foizga ko‘tarilib ketdi


Amerikaning elektromobillar ishlab chiqaruvchi Tesla Inc. kompaniyasi aksiyalari narxi 1-oktabr kuni bozor ochilishidan oldin savdolarda 18 foizdan ziyodga o‘sdi, deb yozadi “Korrespondent.net”.

Kotirovkalar o‘sishiga AQSh Qimmatli qog‘ozlar va birjalar bo‘yicha komissiyasi (SEC) hamda kompaniya rahbari Ilon Mask o‘rtasida o‘tgan hafta oxirida tuzilgan sudgacha bitim turtki bo‘ldi.

16:40 holatiga ko‘ra, Tesla aksiyalari kursi 18,22 foizga o‘sib, 313 dollarni tashkil qilgan. Shu tariqa, Tesla Inc. aksiyalari 28-sentabr, juma kungi pasayishni “tuzatdi”. O‘sha uni SEC Maskka nisbatan ish ochganini e’lon qilgach, Tesla kotirovkalari 13,9 foizga pasayib, savdo kunini 264,77 dollar darajasida yakunlagan edi.

Avvalroq Tesla kompaniyasi asoschisi Ilon Maskning boyligi bir kunda 1,5 milliard dollarga kamaygani xabar berilgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-10-2018, 22:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 99) ( 0) ( 98) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют