» » Makedoniyadagi referendum o‘tkazilmagan deb tan olindi

Makedoniyadagi referendum o‘tkazilmagan deb tan olindi


Makedoniyada 30-sentabrda mamlakatni Makedoniya Respublikasi deb nomlash to‘g‘risida Gretsiya bilan kelishuv imzolash masalasida bo‘lib o‘tgan referendum o‘tkazilmagan deb tan olindi. Bu haqda saylov byulletenlari hisoblab chiqilganidan keyin Davlat saylov komissiyasi raisi Oliver Derkoskiy ma’lum qildi, deb yozmoqda “Korrespondent.net”.

Ovoz berishning tasdiqlangan natijalariga ko‘ra, qaror qabul qilinmagan. Chunki saylovchilarning ro‘yxatda ko‘rsatilgan umumiy sonining yarmi ovoz bermagan.

Saylov komissiyasining ma’lumotlariga ko‘ra, saylovchilarning 36,91 foizi ovoz berishda ishtirok etgan. Gretsiya bilan hukumatlararo kelishuv uchun 91,46 foiz saylovchi rozilik bergan, 5,65 foizi esa qarshilik bildirgan.

30-sentabrdagi referendumda bitta savolga javob berish taklif qilingan: “Makedoniya Respublikasi va Gretsiya Respublikasi o‘rtasidagi kelishuvni qabul qilgan holda Yevropa Ittifoqi va NATOga a’zolikni qo‘llab-quvvatlaysizmi?”

Referendum nomi Gretsiya shimolidagi viloyatning nomi bilan bir xil bo‘lgan sobiq Yugoslaviya respublikasi nomi yuzasidan Afina va Skopye o‘rtasidagi 27 yillik bahsni yechishga yordam berish maqsadida uyushtirilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-10-2018, 22:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 73) ( 0) ( 72) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют