» » Sharl Aznavur Toshkentda gastrol bilan kutilgandi

Sharl Aznavur Toshkentda gastrol bilan kutilgandi


Shu yil may oyida Sharl Aznavur Toshkentda gastrol bilan kutilgandi. Biroq qo‘shiqchi yiqilib, chap qo‘lini jiddiy jarohatlagan, shu sabab tashrif qoldirilgandi. Bu haqda Sputnik xabar berdi.

Taniqli qo‘shiqchini O‘zbekiston, Peterburg va Yaponiyada konsert bilan kutishgandi. Ammo ular bekor qilindi.

Nihoyat sentabrda u Yaponiyaga borib, muxlislarga konsert beradi. Ammo O‘zbekiston gastrollariga qo‘shiqchida kuch qolmadi.

Sharl Aznavur Fransiya janubida 1-oktabrga o‘tar kechasi 94 yoshida vafot etdi.

2005-yilda taniqli qo‘shiqchi Samarqandda “Sharq taronalari” festivalida ishtirok etgan va bu shaharda bo‘lish bilan bog‘liq bolalik orzusi ushalganligini tan olgandi.

“Go‘zal va afsonaviy Samarqand haqida 12 yoshimda taniqli fransuz dramaturgining ’Samarqandga boraylik’ pyesasidan bilib olgan, so‘ng qadimiy shaharni ko‘rish orzusi paydo bo‘lgandi. Katta qiziqish va hayajon ila mamlakat bilan tanishdim, qadimiy shaharlar — Samarqand va Buxoroni ko‘rib chiqdim. Ular betakror va noyob madaniyati, san’ati bilan ajratilib turadi. Ular ming yillik tarixga ega bo‘lib, butun dunyo e’tiborini o‘ziga jalb qiladi ”, — degandi Aznavur.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-10-2018, 09:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 63) ( 0) ( 61) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют