» » KNAUF kompaniyasi Buxoro viloyatida chiqindi konteynerlarini o‘rnatish bo‘yicha ekologik aksiya o‘tkazdi

KNAUF kompaniyasi Buxoro viloyatida chiqindi konteynerlarini o‘rnatish bo‘yicha ekologik aksiya o‘tkazdi


2018-yilning 28—29-sentabr kunlari KNAUF kompaniyasi Buxoro viloyatida chiqindi uchun mo‘ljallangan konteynerlarni o‘rnatish bo‘yicha ekologik aksiya o‘tkazdi.

Konteynerlar dizayni shu yerning o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda bajarilgan. Konstruksiyalar beton poydevorga mustahkam mahkamlangan bo‘lib, bu ularning maksimal turg‘unligini ta’minlaydi. Konteynerlarning ichidagi chiqindilarni faqat xizmatlari KNAUF kompaniyasi tomonidan to‘lanadigan chiqindilarni olib chiqish bilan shug‘ullanuvchi xizmatgina olishi mumkin. Har bir konteyner chiqindilar ajratilgan holda, ya’ni maishiy chiqindi alohida, plastik va shisha alohida hamda makulatura alohida tashlanadigan uchta yorqin rangdagi bo‘lmadan iborat.

Chiqindilarni shu tarzda saralash Yer sayyorasidagi ekologik vaziyatni yaxshilashning muhim tarkibiy qismi hisoblanadi. Jamiyatda farovonlik oshishi bilan iste’mol ko‘lami ham ortadi, bu esa generatsiyalanadigan chiqindilar miqdoriga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Tashlangan va qayta ishlanmagan chiqindilar tuproq, suv va o‘simliklarni zaharlagan holda katta yer maydonlarini chiqindixonaga aylantiradi. Materiallarning ko‘pchiligi deyarli parchalanmaydi, yoqib yuborilganida esa o‘zidan havoni zaharlaydigan zararli gazlarni ajratadi. Chiqindilar saralanganida ular to‘planib qolmaydi va ekologik vaziyatni yomonlashtirmaydi. Bundan tashqari, qayta ishlanadigan chiqindilar mato, qog‘oz va shisha ishlab chiqarishida qo‘llanadi, bu o‘z navbatida, tabiiy resurslarni tejash imkonini beradi.

Chiqindi konteynerlaridan foydalanish juda oson, shunchaki umumiy qabul qilingan saralash qoidalariga amal qilish kerak, xolos:

Ko‘k rangli bo‘lma makulatura, toza qog‘oz (karton, gazeta, jurnal, daftar, otkritkalar) uchun mo‘ljallangan. Qayta ishlash uchun material quruq bo‘lishi juda muhim, shu bois oziq-ovqat mahsulotlari uchun mo‘ljallangan ishlatilgan idishlarni (masalan, sut mahsulotlari va sharbatlarning tetra-pak o‘ramlari) va boshqa ifloslangan qog‘ozlarni bu bo‘lmaga tashlash mumkin emas.

Yashil rangli bo‘lma plastik va shisha idishlarni, stakanlar, polietilen paketlar, kosmetika vositalarining idishlari va shunga o‘xshash materiallardan tayyorlangan boshqa o‘ramlarni utilizatsiya qilish uchun mo‘ljallangan.

Zarg‘aldoq rangli bo‘lma maishiy chiqindilar va qayta ishlanmaydigan boshqa chiqindilar uchun mo‘ljallangan.

“KNAUF uchun O‘zbekiston — bu sotish bozori emas, balki biz yashaydigan va mehnat qiladigan haqiqiy uydir. Zamonaviy texnologiyalar tufayli KNAUF korxonasi ushbu mintaqaning ekologik holatiga zarar yetkazmaydi. Biz har yili zavodga tutash hududda mahalliy iqlimga moslashtirilgan daraxtlarni ekamiz hamda “Jayron” ekomarkaziga moddiy yordam ko‘rsatamiz. Konteynerlarni o‘rnatish – atrof-muhitni asrashni ko‘zda tutuvchi yana bir muhim va kerakli loyihadir. KNAUF kompaniyasi ilgarilari ham korxonaga aloqasi bo‘lmagan yo‘l atrofidagi hududni tozalash ishlari bilan shug‘ullangan, biroq ijobiy o‘zgarishlar faqat vaqtinchalik samara bergan, xolos. Chiqindi konteynerlarining yo‘qligi ko‘pchilik haydovchilar, dasht landshaftini ifloslantirgan holda, chiqindini mashina oynasidan tashlab yuborishiga olib kelardi. Bizning tashabbusimizni umumiy kelajagimizga loqayd bo‘lmagan mas’ul xizmatlar va ishbilarmonlar davom ettirishini istardik”, — deydi O‘zbekistondagi KNAUF korxonasining bosh direktori Dmitriy Deripalko.

Shu o‘rinda, konteynerlar xabardorlik va xavfsizlikni ta’minlaydigan yorug‘lik qaytaruvchi nakleykalar bilan jihozlanganini aytish joiz. Har bir konstruksiyagacha bo‘lgan 100 metr masofada yo‘l ko‘rsatkichi o‘rnatilgan.

Konteynerlarni o‘rnatishdan oldin navbatdagi shanbalik o‘tkazildi. Tadbir davomida KNAUF xodimlari plastik idishlar, polietilen paketlar, tunuka bankalar va yo‘l bo‘yiga tashlangan boshqa chiqindilardan iborat 30 qop chiqindini to‘pladi.

KNAUF kompaniyasi haqida:

KNAUF – xalqaro kompaniya bo‘lib, oilaviy biznes tamoyillariga asosan tashkil qilingan. U o‘zining global miqyosdagi faoliyatiga qaramasdan ana shu qadriyatlarni saqlab qola oldi. Bugungi kunda KNAUF xalqaro guruhi qurilish mollarini ishlab chiqaruvchi dunyodagi eng yirik kompaniyalardan biri hisoblanadi. 1993 yili KNAUF o‘z investitsion faoliyatini Rossiyada boshladi, keyinchalik Ukraina, Qozog‘iston, O‘zbekiston, Ozarbayjon va Gruziyada korxonalar sotib olindi va tashkil qilindi. Marketing faoliyati barcha MDH davlatlarini, Gruziya va Mo‘g‘ilistonni ham qamrab oldi. MDH davlatlaridagi barcha KNAUF korxonalari zamonaviy asbob-uskunalar bilan ta’minlangan bo‘lib, butun xalqaro guruh uchun yagona bo‘lgan ishlab chiqarish texnologiyasidan foydalanadi va oliy sifatli qurilish materiallarini ishlab chiqaradi. Sifat standartlari Germaniyadagi KNAUF korxonalari uchun ham, MDH davlatlaridagi KNAUF korxonalari uchun ham yagona hisoblanadi.

O‘zbekiston, MDH mamlakatlari va jahondagi KNAUF guruhiga kiruvchi korxonalar haqidagi batafsil ma’lumotni www.knauf.uz, www.knauf.ru, www.knauf.com saytlaridan olishingiz mumkin.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-10-2018, 09:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 89) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют